Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Kuz ertagi-Piano [soundtreck]
. Qirol va Kanizak - Soundtreck
. Qirolicha - Soundtreck (slow version)
. Shamollar Mamlakati - soundtreck love (korea)
. Yoz ifori-Piano [soundtreck]
. Zoirbek - Katta Odam (SOUNDTRACK)
. Ko'ngil bog'i-soundtreck [feat Girl]
. So'nmas Sevgi - Soundtreck
. Oppog'oy Zamonaviy talqinda-Белоснежка.2012 (soundtreck)
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - music soundtreck
. Ishdagi Ishq - Моей душе покоя нет
. Ayol Qalbi - You can't say (english version)
. Sevgi Iztirobi - Anlatamam
. Sevgi Iztirobi - Yllar Sonra (turk seriali)
. Qaqnus - Mal De music
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Munisa Rizayeva tuhmatga qoldi

Xonanda Munisa Rizayeva o‘zining shaddodligi, bir so‘zligi, kuchli ovozi hamda chiroyli tashqi ko‘rinishi bilan boshqa ayol xonandalardan ajralib turadi. Ayni paytda o‘zbek shou-biznesida eng yuqori reytingni hech kimga bermay kelayotgan xonanda “Hordiq” gazetasiga bergan intervyusida sirli oshig‘i haqida ma’lumot berdi.
“Menga har kuni gul jo‘natadigan sirli oshig‘im bu yerlik emas. U menga uylanish harakatida yuribdi. Men kuzda o‘ttiz yoshga kiraman va bu yoshgacha juda ko‘p xatolar qildim. Endi yana shu xatolarni takrorlamoqchi emasman. Aytishadi-ku, og‘zi kuygan qatiqni ham puflab ichadi, deb. Ming marta o‘ylab, keyin javobimni aytmoqchiman. Tennischi yigit bilan bo‘ladigan nikoh to‘yimni intizorlik bilan kutgandim, ammo uning xiyonat qilganidan xabar topdim. Bu xiyonatni kechirish menga juda og‘ir bo‘ldi. Bizning bugun birga emasligimizning boshqa sabablari ham mavjud. Yana aynan shu borada turli tuhmatlar qurboniga aylandim. Tuhmatlardan, hayotim haqida to‘qilgan ertaklardan juda charchadim. O‘zim haqimda salbiy fikrlarni eshitaverib, tanqidni ko‘tara olmaydigan bo‘lib qoldim. Yaqinda bu xabarimni jurnalist Sardor Komilov saytiga qo‘ydi, lekin yozilgan salbiy izohlarni ko‘rib, u ham yomon ahvolga tushibdi. Izohlarda men haqimda shunaqa bo‘htonlar yozilganki... Ularning yozishicha, men turmushga chiqmoqchi bo‘lgan yigit boshqasiga uylangani uchun Qirg‘izistonga borib, janjal qilib kelganmishman. Aslida, voqea butunlay boshqacha bo‘lgandi.
Oilamiz do‘stining o‘g‘li menga uylanish harakatida edi. Bir muddat gaplashganimizdan keyin bir-birimizga mos emasligimizni tushundik va yaxshilikcha xayrlashdik. Uning otasi kasallikdan vafot etgani tufayli ta’ziya bildirish uchun oilamiz bilan Qirg‘izistonga borgandik. Menga uylanmoqchi bo‘lgan yigitning rafiqasi bilan ham yaxshi tanishman, ular juda baxtli hayot kechirishmoqda. Do‘stona aloqalar saqlanib qolgan bo‘lishiga qaramasdan, muxlislar meni oilasi bilan urishib kelganlikda ayblashibdi. Ular Xudodan qo‘rqishmaydimi? Axir tuhmat og‘ir gunoh ekanligini hamma bilsa kerak? Aybim san’atkorligimmi? Ko‘pchilik men haqimda “Juda yevropalashgan”, “Dinini ham bilmaydigan” qiz deb o‘ylar ekan. Insonni yaqindan bilmasdan unga loy chaplash shunchalik osonmi?  Aslida, men o‘zbekligimni hech qachon unutmayman! Nohaq ayblovlardan ko‘nglim qolib ketdi, ba’zan tushkunlikka tushib, ijod qilgim kelmay qoladi. Men shunaqa odammanki, oqni oq deyman, qorani qora! Qaysi san’atkor qiz yigiti borligini oshkor qilgandi? Men hech kimdan hech narsa berkitmadim-ku! Vaja bilan ajrashdim, men o‘zimdan farishta yasamayman. Bu menga kerakmas. Muxlislarim meni borimcha qabul qilishlarini istayman. Ism ham inson taqdirini belgilar ekan. Ismim tarjima qilinganda “ishonchli do‘st” degan ma’noni anglatadi. Men insonlarga haqiqiy do‘stman!”


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 12471 | Комментарии: 3 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Munisa Rizayeva
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 3
virus16 Севгдан нажод йок
Like | 0
kichkintoy96 Munisa opa ijodizni hurmat qilaman!!!
Like | 0
Wox009 Xm munis
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 16:38
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное