Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Saroy Javohiri-Soundtreck6
. Qirol va Kanizak - Soundtreck
. Sherlock Holmes - soundtreck (mix)
. Lola - NEGA [soundtreck JODUGAR]
. Ishq Jodusi - Enticing Trick
. Romeo va Juletta - soundtreck
. Qor Alangasi - Soundtreck [Dream]
. Saroy Javohiri-Soundtreck2
. Zoirbek - Katta Odam (SOUNDTRACK)
. Gulperi - Soundtreck music (Turk serial)
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Lyn My Destiny
. Qirolicha - Soundtreck (slow version)
. Ko'ngil bog'i-soundtreck
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
. Osiyo-Asi [+ soundreck]
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Munisa Rizayeva xonandalikdan voz kechdi! Endi u o‘qituvchi?!

Oktabr oyida yakkahon konsert dasturini o‘tkazishni  rejalashtirgan xonanda Munisa Rizayeva yangi o‘quv markazining  faoliyatini yo‘lga qo‘ydi va unga “Sakramento” nomini berdi. Bu nomni bejiz tanlamagani aniq. “Sakramento” qo‘shig‘idan xonandaning o‘zi ham ilhomlanib, bu nomni yangi o‘quv markaziga berishga qaror qilgan bo‘lsa ajab emas.  Bu markazda o‘zi ham dars berishi ma’lum bo‘ldi. Biroq o‘quvchilar uni o‘qituvchi sifatida qanday qabul qilar ekan? Nahotki, Munisa xonandalikdan voz kechgan bo‘lsa? Bu gaplarni o‘qib, orangizdagi ba’zi kishilar “Munisaning navbatdagi piari” deb tosh otishga shaylanayatgandir-a? Shoshilmang, ahir hammasi endi boshlanyaptiku...

Yakkahon konsert dasturiga qizg‘in tayyorgarlik  ko‘rayotganiga qaramay,  Munisa Rizayeva yangi tarona va videokliplar ustida ish olib bormoqda. Yaqindagina radioto‘lqinlari orqali sho‘x va raqsbop yo‘nalishda kuylangan “Sakramento”  taronasini taqdim etgan edi. Muxlislar tomonidan kutilganidan ham a’lo darajada qabul qilingan bu kompozisiyaga, oradan ko‘p o‘tmay videoklip suratga olish  ishlarini boshlab yubordi.

Munisa Rizayeva yaratilayotgan video asarda o‘qituvchi obrazida namoyon bo‘ladi. Sarvar Isaev rejissyorligi va Izzat Lutfullaev operatorligida tasvirga olinayotgan klipning syujeti aynan “Sakramento” o‘quv markazida bo‘lib o‘tadi. Ushbu videoklipni suratga olish jarayonining o‘zi qiziqarli voqealarga boy bo‘ldi. Tayyor videomahsulotning qay darajada bo‘lishini tasavvur qilavering.
Videoasarda Munisa Rizayeva bilan birga, Muyassar Berdiqulova, Botir Imomxo‘jaev, Eldor Qayumov,  Feruza Normatova, Muqaddas Sa’dullayeva, Sevara Soliyev, Ma’mur Sultonov, Asqar Hikmatov, Akbarxo‘ja Rasulov, Anjelika Esimbetova, Sherzod Bin, Zuhra Soliyev va boshqalar ishtirok etishgan.

Kishiga yuqori kayfiyat bag‘ishlaydigan bu taronaning videoklipi ham barchaga zavq ulashishi tayin. Suratga olish jarayonidan taqdim etilgan fotosuratlar gapimizning isboti bo‘la oladi. Demak, tez kunda “Sakramento” videoklipini birinchi saytimiz orqali  tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. Shunday ekan, bizdan yiroqlashmang!


Manba:popcorn.uz
Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 13499 | Комментарии: 5 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Sakramento, Munisa Rizayeva, O'qituvchi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 5
★Dorishunos092★ e yaxshi bopti....

estradani oylabtideeee -D
Like | 0
NuR_KR Munisa opa xonandalikni tark etmang
Like | 0
BaBy_DiNoOo O'quv markazi qanday yo'naliw buyicakin
Like | 0
NaTaLi Kutamiza!
Like | 0
Damir_95_ Zorku omad katta
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 19:32
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное