Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Munisa Rizayevadan ijodiy yangiliklar

Ayni damda oktabr oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan yakkaxon konsert dasturiga qizg‘in tayyorgarlik olib borayotgan xonanda Munisa Rizayeva bir qator yangiliklar ustida ish olib bormoqda. Yangi tarona va videokliplar yaratish bilan birga jonli ijro ustida alohida tayyorgarlik ko‘rmoqda. 
Munisa Rizayevaning matbuot kotibi Ibrohim Ahmedovning so‘zlariga qaraganda kutilayotgan konsert dasturi o‘zbek shou-biznesi olamida shu kunga qadar bo‘lib o‘tgan dasturlaridan butkul farq qiladi. Dekoratsiyadan tortib dasturning ssenariysigacha boshqa konsertlarni takrorlamaydi.
Bir so‘z bilan aytganda haqiqiy Mega shou taqdim etiladi. Ayni damda Munisa Rizayeva raqqoslar o‘rtasida kasting e’lon qilgan. 4-avgust kuni Yoshlar markazida o‘tkaziladigan mazkur kastingda professional va xoreografiyaga mutanosib, iste’dodli hamda tajribali raqqoslar ishtirok etishlari, o‘z mahoratlarini namoyon etib, svimli xonandalarining konsert dasturida qatnashish uchun imkoniyatni qo‘lga kiritishlari mumkin. Bundan tashqari xonandaning yangi tarona va videokliplari premerasining ketma ketligiga tez kunda start beriladi. Demak, bizni kuzatishda davom eting va yangiliklardan birinchilar qatorida bahramand bo‘ling.


Manba:popcorn.uz
Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 4645 | Комментарии: 3 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Munisa Rizayeva
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 3
admiral777 Omadini bersin Hammaga omad Abutrentlarga ham ertangi kun yaxwi ötsin
Like | 0
NaTaLi Yahshi otkazvolsin
Like | 0
@Kamilla@ Kutamiz! ch
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 09:09
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное