Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Ishq Jodusi - Xing Xing wake Up
. Kelin - Soundtreck (Hind serial)
. Qish Sanatasi-Soundtreck2
. Великолепный Век-Soundtreck 3
. Muhabbat tafti - Rabba Ve
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
. Soundtreck-Великолепный Век
. Titanik-soundtreck
. Qaxvaxona - soundtreck
. Ko'ngil bog'i-soundtreck
. Klon-soundtreck
. Bola Uyda yolg'iz-[Один Дома] soundtreck2
. Sherlock Holmes - soundtreck (mix)
. Qo'rqmas - soundtreck 2
. Qo'rqmas - soundtreck (music)
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Munisaning konsertidagi soxta tabrikdan muddao nima?

19-20-21 oktabr kunlari xonanda Munisa Rizayeva “Istiqlol”  san’at saroyida yakkaxon konsert dasturini uyushtirdi.
Biz Munisaning tug‘ilgan kunini mo‘ljallab, atay konsertning uchinchi kuniga  tashrif buyurdik. Konsert bir so‘z bilan aytganda kutilmagan shou hamda syurprizlarga boy bo‘ldi...
Bu yil Munisa Rizayeva ikkinchi bor muxlislarga o‘z yakkaxon konsert dasturini taqdim etishi. Konsertning alohida e’tiborga sazovor bo‘lgan tomoni shu bo‘ldiki, xonanda bu yil imkon qadar o‘zini dadil tutib, o‘tgan yilgi konsertida yuz bergan kamchiliklarini to‘ldirishga, ortiqcha bachkana imidj va jimjimadorlikdan holi, ko‘proq o‘z ijodiy namunalari bilan namoyon bo‘lishga urindi. Demak, konsertda biz va muxlislarga manzur bo‘lgan jihatlarini sanab o‘tamiz.
«Plyus»lar...
+ Konsert boshlanishidan oldin chiptalar narxi bilan qiziqdik va 20.000 so‘mdan 180.000 so‘mgacha narxda belgilangan chiptalarning bari konsert kuni sotib bo‘linganini aniqladik. Bir zumda zaldagi o‘rindiqlar tomoshabinlar bilan to‘lib, qolganlar tik oyoqda konsert boshlanishini kuta boshladi. 
+ Munisa konsert boshidan oxirigacha  milliy va zamonaviy uslubdagi liboslarda  namoyon bo‘ldi. Raqqosalar ham milliy uslubdagi liboslarda chiqqanidan o‘zbek zamonaviy estrada xonandasining konsert loyihasiga milliy urg‘u berishga uringanini payqash mumkin.  
+ Munisa shogirdim deya tanishtirgan ko‘zboylog‘ichlarning  chiqishlari, shuningdek,  rango-rang raqslar konsert dasturiga yanada fayz ulashdi. Comedy_uz guruxi rezidentlarining chiqishi, ularning san’atkorlar ijrosidagi g‘alizliklarni nishonga olib tanqid qilishi muxlislar yuziga tabassum ulashdi.
+ Sodda va bejirim yasatilgan dekoratsiya, yorqin rangdagi chiroqlar va ularga hamohang tarzda xit qo‘shiqlarga uyushtirilgan romantik shou raqslar, “Yomg‘ir” qo‘shig‘i kuylanganida sahnada yoqqan yomg‘irlar muxlislarni hayratga soldi.
+ Munisa Rizayevaning o‘tgan yili taqdim etgan konsert dasturi bir oz zerikarli bo‘lib, maqsadsiz “pauza”lar bilan o‘tgan edi. Konsertda shou dasturlari ham kiritilmagandi. Ammo bu gal xonanda ana shu kamchiliklarini to‘ldirib, chunonam shou uyushtirdiki, muxlislar ko‘zida hayrat bilan har bir jarayonni ko‘zdan qochirmaslikka harakat qildi.
Ma’lumki, guruch kurmaksiz bo‘lmaydi. Shunday ekan, konsertda ko‘zga tashlangan  ba’zi kamchiliklarni ham sanab o‘tsak... 
 «Minus»lar...
Comedy uz rezidentlarining  “Ummon” guruhi tomonidan kuylangan “Tola” qo‘shig‘idagi so‘zlarni “depillyatsiya” bilan bog‘lab hajviy talqin  qilishi ko‘pgina muxlislarning g‘ashiga tegdi.   
MUNISANING TUG‘ILGAN KUNIGA UYuShTIRILGAN “SYuRPRIZ”!
Konsert Munisaning tug‘ilgan kuniga to‘g‘ri kelgani sabab, rejissyor Rustam Shamsiddinov sahnaga chiqib, konsert bosh qahramoniga atalgan kichik syurpriz borligini ma’lum qildi. Shundan so‘ng xonandaga yaqinlari, do‘stlari, fan klubi a’zolari tomonidan sovg‘alar taqdim etildi. Rejissyorning e’loniga ko‘ra, odam bo‘yi baravar quti keltirilib, uning ichidan  Munisaga atalgan jonli qo‘g‘irchoq chiqib keldi va Munisaga sovg‘a taqdim etdi. Bir ozdan so‘ng xonandaga sovg‘a topshirgan boshqa bir yigit sahnaga chiqib keldi. Bu yigit sahnaga chiqib, sovg‘a topshirganda Munisa bir oz hayajonlangani sezildi. Munisaning bu yigitni muxlislarga tanishtirmagani, oxirgi paytlarda  ijtimoiy tarmoqdagi suratlarida ham tez-tez  u bilan yonma-yon suratga tushayotgani esa yaqin orada kutilayotgan yangiliklardan dalolat bo‘lsa ajabmas... 
Xullas, ko‘p o‘tmay katta ekranda “syurpriz-videorolik”  namoyish etildi. Unda Rossiya estrada yulduzlaridan Ani Lorak, Filipp Kirkorov, Valeriy Leontev, Stas Mixaylov, Ani Lorak, Nikolay Baskov va boshqalar xonandani tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi. Ushbu syurprizdan Munisa quvonib sahnada yosh boladek sakragan bo‘lsa, muxlislar ham olqishlab, uning quvonchiga sherik bo‘lishdi. Biz esa hayratlandik...
Konsert barcha muxlislarga manzur bo‘lgani, miriqib madaniy hordiq chiqarganini ularning kayfiyatidan sezish mushkul emasdek. Biz ham Munisaning bu yilgi konsertidan ko‘nglimiz to‘lib, bu galgi imtihonini a’loga topshirganidan xursand bo‘lib qaytdik.
Ammo konsertning ertasiga aktrisa Shahzoda Muhamedova ijtimoiy tarmoqdagi o‘z sahifasiga Munisaning konsert kuni Rossiya yulduzlari tabriklagan videorolikdan parcha  joylashtirdi. Ushbu video muxlislar tomonidan ayovsiz muhokama qilindi. Videorolikni ko‘rgan muxlislar esa uning ostida “Axir bu viderolik internetdan olingan-ku”, “Munisa, muxlislarni aldashga qanday hadding sig‘di”, kabi izohlarni qoldirib, hatto “Mana, ko‘ringlar” deya videorolikning internetdagi manzilini qayd etib ham qo‘yishdi. Nazarimizda haqiqatan ham bu sovg‘aning uyushtirilganidan xonandaning xabari bo‘lmagan. Chunki u ham  bu videorolikning soxtaligiga amin bo‘lib, muxlislar singari “shok”ka tushib qolgandi. Muhokamalar Munisaning jon-jonidan o‘tib ketdi, shekilli, o‘zini tutib turolmadi va bir ozdan so‘ng u ham video ostiga “Odamlar, uyalmaysizmi, tuhmat qilishga?  Hammangizin Xudoga soldim”, deya izoh qoldirdi.
Biz ham qiziqib, videorliklarni topib ko‘rdik, darhaqiqat, ushbu viderolikdagi tabriklar Filipp Kirkorov, Stas Mixailov tomonidan 50 yoshni qarshi olgan Rossiya estradasi yulduzi Lolita uchun, Valeriy Leontev, Ani Lorak, Nikolay Baskov hamda boshqa rossiya yulduzlarining tabrigi esa Irina Allegrova uchun atalgan edi.
Bir ozdan so‘ng Shahzoda Muhammedova ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga joylashtirilgan videorolik yo‘qolib  qoldi.
 Bu masalaga oydinlik kiritish va konsertdan oldin internet saytlari xonandaning jonli ijroda konsert berishi haqida yozgani lekin u nega dasturda to‘liq jonli kuylamadi degan savol bilan konsert bosh rejissyoriga murojaat etdik.
Rustam Shamsiddinov: — Bor-yo‘g‘i uchta ashula fonogramma bo‘yicha ketgan. Sababi, konsertda shou dastur uyushtirildi. Masalan, Munisaning fan klubi a’zolari zalning ikki chetidagi balkondan turib “Ey samo” qo‘shig‘ini fonogrammada kuylashdi. Keyin “Yonar” qo‘shig‘i ham fonogrammada ketdi. Sababi, xonanda bu qo‘shiq davomida o‘zi ham sahna ko‘rinishini ijro etayotgandi. “Syurpriz”ga keladigan bo‘lsam,  buni Munisaning fan-klubi a’zolari tayyorlashgan. Nima maqsaddaligini bilmadig-u, tabriklarni to‘plab,  uni Munisaga qayta taqdim etishgan.
Afsus... Balki rejissyor va fan-klubi a’zolari syurpriz qilishmoqchi bo‘lishgandir, ammo bu Munisa uchun omadsiz sovg‘a bo‘ldi deb o‘ylaymiz.  Aniqrog‘i, aslida boshqa bir yulduzga atalgan, internetdan shundoq ko‘chirib taqdim etilgan ushbu sovg‘a darhaqiqat Munisani noqulay ahvolga solib qo‘ygani achinarli bo‘ldi.
Umuman, Munisa uchun Rossiya yulduzlari tabrikladi, degan obro‘ kerakmidi?  Ushbu “syurpriz” o‘zbek san’atkorlari bilan hamkorlikda tayyorlanib, o‘zbek ustoz san’atkorlarining tabriklari taqdim etilganida maqsadga muvofiq bo‘larmidi?  
Xulosa o‘rnida: Munisaning keyingi yilda taqdim etadigan konsertida rejissyor va fan-klubi a’zolari qanday syurpriz uyushtirishidan qat’i nazar ehtiyotkor bo‘lishi, bugunning tomoshabinini aldab bo‘lmasligini tushunib yetishini istardik.
Ochig‘ini aytsak, konsert yomon bo‘lmadi. Munisa konsertda o‘zining bor mahoratini ishga soldi va tayyorgarlik jarayonida u va boshqa konsert ishtirokchilari anchagina ter to‘kkanligi sezilib turdi. Yil bo‘yi g‘ayrat bilan tinimsiz ijod qilgan, kamiga qisqa fursatda konsert uyushtirishga jazm etgan Munisaning jasoratiga qoyil qoldik. Munisa darhaqiqat bugungi kun estradasida eng tinib-tinchimas, yangiliklarga chanqoq,  serg‘ayrat xonandalardan. Shuningdek, konsert ham shunga yarasha qiziqarli bo‘ldi. Biz esa xonandaning keyingi ijod jarayoniga omad va muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!                                                                      
        Mohichehra EShMIRZAYEVA tayyorladi


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 8027 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 0| Рейтинг: soxta tabrik, Munisa Rizayeva
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
NuraddinBek Ha, haqiqatdan ham, bugungi kunda muxlisni aldab bo`lmaydi. San'atkorlar buni anglab yetishini istardik.
Like | 0
fhabibullayeva Hm yomon bobti lekin barbiram munisaga omad
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 02:26
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное