Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Muxlislar Rayhon va Lolaning yangi klipida hamjinsbozlik belgilarini ko‘rishdi

Xonandalar Rayhon va Lolaning “Ko‘nikmadim” duetiga ishlangan videoklip matbuot sahifalarida, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamaga sabab bo‘lmoqda.
Klipda ikki xonanda bir-biriga nisbatan “g‘alati” xatti-harakatlar qilgani muxlislarning noroziligiga sabab bo‘lmoqda. Ayrimlar bunda hamjinsbozlik targ‘ibotini ko‘rsa, boshqalar ijodkorlar o‘z g‘oyasini to‘g‘ri ochib bera olmaganini gumon qilmoqda.
Yangi klip matbuot diqqatidan ham chetda qolmadi. Jumladan, “Darakchi” gazetasida tomoshabinlardan birining maktubi chop etildi. “Hatto xayolimga urilgan taxminlardan o‘zim ham qurqib ketaman. Yo‘g‘-e, unaqamasdir, axir o‘zbekmiz-ku! Zamon har qancha taraqqiy etsa-da, o‘zligimiz, mentalitetimizni unutmasak kerak?”, - deb yozadi unda noma’lum muxlis.
Rayhon bu fikrlarni izohlar ekan, “har kimning o‘z fikri va didi bor”ligini ta’kidlab o‘tdi. Lola hozircha sharh berishdan bosh tortmoqda.
Tahririyat nomidan: ushbu videoketma-ketlikning dunyo yuzini ko‘rishi yana bir bor kliplar, qo‘shiqlar va konsert dasturlarini jamoatchilikka taqdim etishga ruxsat berish kriteriylari masalasini ko‘ndalang qo‘ymoqda. Sohaning mas’ul tashkilotlari ayrim o‘rinlarda sahnadagi kichik xurmacha qiliqlar tufayli san’atkorlarni lisenziyadan judo qilgan holda, tomoshabilanlarning jiddiy e’tirozlariga sabab bo‘layotgan shou-biznes mahsulotlarini hech qanday to‘siqsiz televidenie orqali aylantirishga ruxsat bermoqdalar. Bu eslab o‘tilgan tashkilotlarda ko‘tarilgan masalada aniq talablar va qoidalar ishlab chiqilmaganidan, mutaxassislar faqat shaxsiy taassurotlaridan kelib chiqishidan dalolat beradimi, yoki sohada biz bilmaydigan boshqa jarayonlar sodir bo‘lmoqdami? OAV xodimlari bu savolga javob qidirishi kerak deb o‘ylaymiz.
Ushbu klipni saytimizdan yuklab olib, ko'rib chiqishingiz mumkin!


Manba:kun.uz
Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 11958 | Комментарии: 7 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Ko‘nikmadim, Lola, Rayhon
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 7
Super$lady Qacon cqan klip
Like | 0
sanjar_777_77 Yaxshi chiqganu kilip
Like | 0
solnicha klip zo'r chiqqan ula bowqa qirralarini ham korsatib beriwgan kimga qanaqa.
Like | 0
Guli пишет: | 12.05.2015 | 10:45 #4 Страница с комментарием
guli101192 Nege bul klip bunsha tanqitqa ushrap atir sondayaq darejede ma eken
Like | 0
Guli пишет: | 12.05.2015 | 10:43 #3 Страница с комментарием
guli101192 Endi koremizda son oz fikirimdi aytamanda
Like | 0
SamirMusic G'iybatchilarni dastidan klip ham olip bolmaydimi deyman klip yaxshi chiqqan kimga yoqmagan bolsa kurmasin vse
Like | 0
Asal700 Eeeeh...
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 16:25
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное