Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU YULDUZLAR HAQIDA BIOGRAFIYA

MO‘MIN ORIPOVNI ESLAB...

Uni muxlislar ko‘zda yosh bilan eslaydilar. Yana ma’yus tabassumi, chiroyli ovozi, qo‘shiqlari orqali yodga oladilar.
Olti yil muqaddam
2009 yil 28 dan 29 iyunga o‘tar kechasi edi. “Bojalar” guruhi xonandasi Mo‘min Oripov boshqaruvidagi “Lacetti” avtomashinasi katta tezlikda yuk avtomobiliga borib urildi. Natijada 25 yoshli qo‘shiqchi voqea joyida vafot etdi. Bu Mo‘minning yaqinlari, qarindoshlari, xususan, rafiqasi Kamola va jajji o‘g‘li Bilolxo‘ja uchun katta judolik bo‘ldi.
Mashinada guruhning yana bir xonandasi Jahongir Poziljonov, guruh ma’muri Javlon Shodmonov va Shahzod ismli yigit ham bor edi. Ular ma’lum vaqt davolanib, shifoxonadan chiqdilar.
Fojia ularning Tojikistondan uyga qaytishida ro‘y bergan. Mo‘min Oripovni so‘nggi manzilga kuzatishda nafaqat hamkasblari va safdoshlari, balki ko‘psonli muxlislari ham qatnashishdi. U o‘zi yashagan Sebzordagi qabristonda dafn etildi.
Umrining oxirgi oylarida Mo‘min Oripov Javlon Shodmonov bilan birgalikda ishchi nomi “Hirs” bo‘lgan film ustida (hamrejissyor va bosh rol ijrochisi sifatida) ishlayotgandi. Keyinchalik “Qalbaki dunyo” deb o‘zgartirilgan mazkur kinoasar syujeti bo‘yicha, uning qahramoni yaqinlari tomonidan zaharlanadi.
JURNALIST RA’NO MAHMUDOVA MAQOLASIDAN:
Eshik orqasida...
Onasi Jamilaxon opaning aytishicha, Mo‘min hamisha a’lo baholarda o‘qigan. Buni shahodatnomasidagi baholari va faxriy yorliqlaridan ham bilsa bo‘ladi.
U tanqidga to‘g‘ri ko‘z bilan qaragan, hatto “Bojalar”ning “Anhor” nomli qo‘shig‘i tanqid qilingan gazetani asrab yurgan. Bu Mo‘minning havolanib ketmaganini namoyon etadi.
Bolaligida Mo‘minlarning bir havaskor qo‘shiqchi qo‘shnisi bo‘lardi. U childirma, garmoshka chalardi. San’atga qiziqqan Mo‘min ularnikiga o‘tib ketaverardi. O‘g‘lidagi qiziqishni ilg‘agan otasi unga childirma va garmoshka olib berdi. Shundan so‘ng Mo‘min uyda o‘tirib, o‘zicha mashq qiladigan bo‘ldi.
Mo‘min ko‘pgina fotosuratlarda kulib suratga tushganini ko‘ramiz. Bu uning hazilkashligidan dalolat bergan.
– O‘g‘lim gastrollarga ketganida menga qo‘ng‘iroq qilar, nima tanovul qilayotganim bilan qiziqardi, – deydi Jamilaxon opa. – “Men kinoda ko‘rsatadigan qisqichbaqa bor-ku, o‘shani yeyapman”, deb kuldirardi. Uyimiz sakkizinchi qavatda, lift tez-tez buzilib turadi. Mo‘minni ayni sog‘inganimda u qo‘ng‘iroq qilib qolardi. “Oyi, lift ishlayaptimi-yo‘qmi?” – deb so‘rardi. “Mayli, bolam, charchab chiqasanmi, lift ishlaganda kelarsan”, deb gapimdan afsuslanib o‘tirsam, eshik qo‘ng‘irog‘i jiringlardi. Ochsam, eshik tagida nevaram turgan bo‘lar, o‘zi esa eshik orqasiga yashirinardi. Ota bo‘lgan-u, hanuz bolaligini qo‘ymasdi. “Oyijon, adajon, yaxshi yotib turdinglarmi?” deb sahardan qo‘ng‘iroq qilardi. “Tinchlikmi?” desam, “O‘zim, bir ovozingizni eshitgim keldi”, derdi. Balki bolajonim umri qisqaligini sezganmikan, bizga nimalardir demoqchi bo‘lganmikan, shularni o‘ylab ezilaman.
U rassom ham bo‘lishi mumkin edi
– Onam Habiba Umarova O‘zbekistondagi birinchi parashyutchi ayol bo‘lganlar, – deydi Jamilaxon opa. – Mo‘minning tog‘asi esa uchuvchi bo‘lgan. Bunday iste’dod Mo‘minda ham sezildi: u bolaligida samolyot yasashni yaxshi ko‘rardi. Bir kuni yasagan samolyotini ko‘rgan tog‘asi: “Opa, bu o‘g‘lingizda konstruktorlik qobiliyati bor, tezda aviasozlik o‘qishiga beraylik”, dedi. Yoshgina Mo‘min esa “yo‘q, tog‘a, men san’atkor bo‘laman”, – dedi.
Agar Mo‘min Oripov san’atkor bo‘lmaganida, ehtimol, mohir rassom bo‘lib yetishardi.
Bir kuni u maktabdan xushnud kayfiyatda qaytdi. “Oyi, qarang, beshlarimni” deb kundaligini onasiga ko‘rsatdi. Beshlar qator qilib qyilgandi. Jamilaxon opa undan beshni nima uchun olganini so‘radi. Mo‘min esa onasidan ko‘zlarini yumib turishni iltimos qildi. Jamilaxon opa ko‘zlarini yumdi. Keyin ochganida esa o‘g‘li chizgan portretga ko‘zi tushdi. Mo‘min rasmda buvisining jo‘n ro‘molda tushgan fotosuratdagi siymosini aks ettirgandi. “O‘g‘lim, shuni o‘zing chizdingmi?” – hayron bo‘lib so‘radi Jamilaxon opa. “Ha, oyijon, o‘zim chizdim, sizga yoqdimi?” dedi Mo‘min.
O‘shanda Mo‘minlarning rasm o‘qituvchisi erkin mavzuda rasm chizib kelishni topshirgan ekan. U fotoalbomdan katta buvisining fotosuratini topgan va chizgandi. Suratni o‘xshatib chizishdan tashqari o‘tib ketgan avlodlarga nisbatan hurmati ham edi bu uning. Bir gal esa onasidan “Oyi, buvim birinchi parashyutchi bo‘lgan bo‘lsalar nega hech kim tanimaydi? – deb so‘radi va dedi: – Men, albatta, buvim haqida hujjatli film tayyorlayman”.
Afsuski, Mo‘minning bu niyati amalga oshmadi. U, hatto o‘zi bosh rolda o‘ynagan “Qalbaki dunyo” filmi premerasini ko‘rolmay ketdi. Mo‘mindan ana shu ajoyib kinoasar, boshqa filmlardagi rollari va videokliplar qoldi.
Mo‘min o‘g‘li Bilolxo‘janing tili chiqqaniniyam ko‘rolmay ketdi.
Mo‘min Oripovning muxlislari ko‘p. Ular bu unutilmas qo‘shiqchini sog‘inadilar, qo‘shiqlarini hali-hanuz tinglaydilar. Shunday ekan, Mo‘min qalblarda yashaydi.
O‘tganlarning oxirati obod bo‘lsin!

 
ANVAR NAMOZOV
www.shov-shuv.uz uchun maxsus


Категория: SHOU YULDUZLAR HAQIDA BIOGRAFIYA
Просмотров: 29239 | Комментарии: 9 | Рейтинг: 3| Рейтинг: Mo'min Oripov, Bojalar
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 9
malikaxan Afsus yaqwi edilar
Like | 0
azizam1224 Momin aka Mani kumirim ilohim joylari jannatda bosin ulani ovozlaridaka sexirli ovoz bowqa yo yuzlaridigi samimiy tabassumlari ozlariga yarawb turardi ilohim Momin akami umirlarini ogillariga qowib bersin olloh
Like | 0
dovron Yaxwi odam erta otarkan dunyodan afsuus
Like | 0
Muxlisingman :'( :'( :'( :'( :'( afsus ohratlarinobod bosn
Like | 0
otaw3711 Мумин акани охирати обод булсин
Like | 0
5913435 yeg'ladim öqib, har gal eslasam yeg'liman lekn fikr bldiromiman. 1ta mahallada yawardi, judayam yaxwi inson boganla. Man san'atkormas mahalladow sifatida judayam qattu hurmat qlardim. San'atlarini kuzatardim.
Like | 0
samiya Афсус Яхши хонанда эдила. Охиратлари обод булсиннн
Like | 0
Davlatbek123 Salom Mominjon akani joylari jannata bosin oxirati obot bosin iloyim bolasi Bilolxoja otasini orni bosin.
Like | 0
sokin яхши санаткор эди ойлари жаннатда охрати обод булсин
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 08:58
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное