Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Ko'sem - Beautiful (Turk serial)
. Kuz ertagi-soundtreck 2
. So'nmas Sevgi - Soundtreck
. Ko'ngil bog'i-soundtreck [feat Girl]
. Ko'sem - Serial fon (Turk serial)
. Zoirbek - Katta Odam (SOUNDTRACK)
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
. Qaxvaxona - soundtreck (Offical)
. Shamollar Mamlakati - soundtreck 2 (korea)
. Muhabbat tafti - Meri Aankhon Mein
. Pazanda - Im Loving You
. Ishq Jodusi - Xing Xing wake Up
. Великолепный Век-Soundtreck 2
. Romeo va Juletta - soundtreck
. Soundtreck-Великолепный Век
Главная » Файлы » FIKR MULOXAZA

Nega o‘g‘il bolalarni tarbiyalash qiyin?


O‘g‘il farzandni tarbiyalash qiz bolani tarbiyalashdan ancha-muncha farq qiladi.

O‘g‘il bola haqiqiy erkak bo‘lishi uchun unga ota-ona birgalikda ta’lim-tarbiya berishi kerak. Bu jarayonda esa ota asosiy rol o‘ynaydi. Qiz bolani onaning o‘zi ham tarbiyalashi mumkin. Lekin shunda ham qiz bola ota mehrini his qila olishi muhimdir.

Keyingi vaqtlarda biz, ayollar haqiqiy erkaklar kamayib ketayotganidan ko‘p noliydigan bo‘ldik. “Hozirgi yigitlarning hammasi qiz boladan battar”, degan gaplarni eshitmagan odam bo‘lmasa kerak. Xo‘sh, bunga kim aybdor deb o‘ylaysiz?

Bunga biz, ayollar sababchimiz. Chunki ayollar o‘g‘il farzandlarini faqat o‘zlari tarbiya qilishyapti. Biz o‘g‘il bola tarbiyalayotgan yolg‘iz ayollarni ayblashdan mutlaqo yiroqmiz. Ularga faqat tasannolar aytamiz. Lekin to‘la-to‘kis oila bo‘la turib, farzand tarbiyalash tizginini erkakning qo‘liga bermayotgan “mehribon” ayollarni bunday alqov bilan maqtamaymiz.

Hayron bo‘lmang, bunday ayollar ota o‘g‘lini yomon ishi uchun urishayotganida ularning o‘rtasiga tushib, o‘g‘ilining yonini oladi, boshqa bunday qilmasligini aytib, go‘yoki uni bir xavfdan qutqarib qoladi. Jamiyatimizda tobora ko‘payib borayotgan “onasining o‘g‘illari” shu tarzda tarbiyalanishadi.

O‘g‘il bola katta bo‘lgach zimmasiga mas’uliyat yuklanadi. U oilasining tinchligi, moliyaviy ahvoli uchun javobgar shaxs hisoblanadi. Bularning hammasini joy-joyida qila olishi uchun u haqiqiy erkak bo‘lib yetisishi kerak. Erkakni esa faqat erkak tarbiya qila oladi.

ham o‘z tajribasidan foydalanib farzand tarbiya qiladi. Har bir tarbiyalovchining ko‘nglidan men shu yoshimda nima qila olardim, nega bolam buni qila olmayapti degan o‘ylar o‘tadi. Endi ayting-chi, 7 yoshli o‘g‘il bola nimalar haqida o‘ylashini ayol kishi qayerdan biladi? Shu tarzda ayollar o‘zlaridan kelib chiqqan holda o‘g‘illarini kuchsiz qilib voyaga yetkazadi. Keyin qariganlarida bitta oilani eplay olmayotgan o‘g‘illariga kuyib o‘tirishadi.

O‘g‘il bolalarning tarbiyasi borasidagi yo‘l qo‘yilayotgan xatolarga yana-da chuqurroq ko‘z tashlaymiz:

1. Otaning doimiy ish bilan bandligi sabab, oilada onaning tarbiyasi ustunligi;

2. Bolaning tarbiyasidagi keyingi bosqich maktabgacha ta’lim bilan bog‘liq. Oilada onasining tarbiyasini olgan o‘g‘il bola yana ayol kishining qo‘liga topshiriladi. Ya’ni bog‘chalardagi mutaxassislarning barchasi ayol kishidan iboratligi sabab, tarbiyalovchilar ham aynan ayollardan tashkil topgan;

3. Keyingi bosqich esa boshlang‘ich ta’lim davriga to‘g‘ri keladi. Aynan, bu soha vakillarining aksari ayol kishilardir. O‘g‘il bolalar oilada, so‘ng bog‘chada, mana endi maktabda ham ayollar qo‘lida tarbiyalanishga majbur bo‘lib qoladi. Umuman olganda, ta’lim olish davrida yana ayollarning tarbiyasi ustunlik qiladi. Sababi, o‘qituvchilik kasbi egalari ham, asosan, ayollardan iboratdir.


Ayrim sabablarni oilaga bog‘lash to‘g‘ri emas. Yuqoridagi holatlar jamiyat, atrofimizdagi muhit bilan bevosita bog‘liq. Bolalar tarbiyasidagi otaning o‘rnini tor doirada, ya’ni shu oilaning ichida hal qilish mumkin. Qolgan muammolar esa o‘z yechimini talab qiladigan masala bo‘lib qoladi. Bu muammolar hal qilinmas ekan, o‘g‘il bolalarning yumshoq tabiatli insonga aylanib, qat’iyatlilik darajasi ayollar ta’sirida pasayib boraveradi.

Biz o‘rganish va tahlillarimizni sizlar bilan bo‘lishdik, qanday xulosa chiqarish o‘zingizga havola.

Nozima Rahmatova tayyorladi



Категория: FIKR MULOXAZA
Просмотров: 2738 | Рейтинг: 0| Рейтинг: tarbiya, o'g'il bola, Nega
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 10:40
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное