Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » FOYDALI MASLAXATLAR

Tajribali ota-onalardan tarbiya borasida 10 ta tavsiya

Ushbu tavsiyalar amalda sinovdan o‘tgan, ya’ni ularni bir nechta farzandni muvaffaqiyatli tarbiyalab voyaga yetkazgan ota-onalar berishmoqda. Ular Sizga ham qo‘l keladi degan umiddamiz.
1. Bola behosdan yiqilib tushib yig‘lay boshlasa, avval so‘rang: "Biron joying og‘riyaptimi yoki qo‘rqib ketdingmi?" Ko‘pincha bolalar og‘riqdan emas, qo‘rquvdan yig‘lashadi. "Shunday paytlarda bilasanmi, yoshligimda men ham bir kuni yiqilib tushgandim" deb boshlanuvchi hikoyani gapirib bering. Bolalar bunday hikoyalarni jon deb tinglashadi va tezda ovunishadi.
2. Samolyotda, poezdda yoki avtobusda uzoq safarga chiqqanda ko‘pincha bolalar zerikib, qachon tushamiz deb bezor qilib yuborishadi. Biletni har xil joylardan oling: toki kichkintoyning yonida o‘tirgan ona ikki soat o‘tgach, ota bilan joy almashsin. Shunday qilib bolakay dam otasi, dam onasi bilan ketadi. Bu o‘zgarish uning zerikmasligiga sabab bo‘ladi.
3. Sekundomer! Bolangizning tez kiyinib olishi, o‘yinchoqlarini yig‘ishtirishi, ovqatini oxirigacha yeb qo‘yishi va hokazolar uchun yaxshi rag‘bat. "Qani, necha soniyada ovqatingni yeb bo‘larkansan", – deysiz, tamom.
4. Bir nechta oddiy jonivor va predmetlarni chizishni o‘rganib oling, bola xarxasha qilsa, o‘shalarni chizib berasiz, so‘ng uning o‘zi qayta-qayta shu rasmlarni chizib o‘tiraveradi.
5. Haftada bir kunni "shirinlik kuni" deb e’lon qiling. Har doim "Ko‘p shirinlik yema, tomog‘ing og‘rib qoladi" deb kuyunavermay, "Konfetni chorshanba kunlari yeymiz", deysiz. Ko‘rasiz, bolaning ovqatlanishi tartibga tushib qoladi.
6. Metroda yoki boshqa shahar transportida bola bilan uzoqroq yurishga to‘g‘ri kelib qolsa, biron kitob olvoling, bola undagi suratlarni tomosha qilib, topshiriqlarni yechib, zerikmay ketadi.
7. Bolaning yonida bo‘lishning o‘zi kifoya emas, unga e’tibor berishingiz, u bilan muloqot qilishingiz kerak. Shu sababli ishdan uyga qaytgach, planshet va telefoningizni bir chetga yig‘ishtirib qo‘yib, o‘n daqiqa bo‘lsa-da u bilan gaplashing, quchoqlang, erkalang. Keyin farzandingiz g‘ingshib etagingizga yopishavermaydi, sizni tinch qo‘yib o‘z ishi bilan mashg‘ul bo‘ladi.
8. Tish yuvishni ko‘p bolalar yoqtirmaydi. Tish yuvish uchun maxsus bir qo‘shiq tanlang va uning jo‘rligida tishlarni yuvishni bolaga taklif qiling. Bir tomondan, farzandingiz qo‘shiq bilan ovora bo‘lib tishlarini jon deb yuvadi, ikkinchi tomondan qo‘shiq taymer vazifasini o‘taydi, ya’ni u tugamaguncha tishlarni cho‘tka bilan ishqalab turish kerak bo‘ladi. ham kichkintoyni tishni o‘lda-jo‘lda emas, 2 daqiqaqa davomida yuvishga odatlantirasiz.
9. Bolalar o‘yinchoqlarini yoki xonalarini yig‘ishtirishni yoqtirishmasa-da, kattalarning yumushlarini bajarishni juda istashadi. Masalan: kir mashinadan kiyimlarni olish yoki changyutgich bilan gilamni tozalashni. Siz farzandingizga qaysi yumush yoqishini bilib oling. Keyin, olaylik, sizga 20 daqiqa biron ishni bajarishingiz uchun kerak. Bolani o‘sha sevimli yumushi bilan mashg‘ul qilib qo‘yasiz-da (masalan, "Mana shu yong‘oqlarni paketda tog‘orachaga sanab sol-chi, necha ekan") tezgina ishingizni bitirib olasiz.
10. Ko‘pincha yosh bolalar "Yurmayman, ko‘taring" deb xarxasha qilishadi. Shunday paytlarda biron sanama she’r yoki qo‘shiq jo‘rligida shahdam qadamlar bilan askarlarga o‘xshab yurishni taklif qiling. Bu bolaga qiziq tuyulishi tabiiy.
Yuqoridagi oddiy, ammo foydali tadbirlar orqali kichkintoyning xarxashalarini oson bartaraf etish mumkin. Qo‘llab ko‘ring-chi, albatta ish beradi.


Категория: FOYDALI MASLAXATLAR
Просмотров: 2902 | Рейтинг: 0| Рейтинг: tarbiya, Ota-Ona
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 10:26
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное