Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SEVGI DUNYOSI

Dunyoga kelishi bilan ota-onasi voz kechgan qiz tarixi
Yakshanba muxlis minbari loyihamizga ko'plab foydalanuvchilarimizdan maktublar kelmoqda. Biz barchasini e'tibor bilan ko'rib chiqib, saytimizda chop etish doirasidagilarni yuklamoqdamiz. 
Ayrim foydalanuvchilarimiz bizdan hafa bo'lishmasin, ba'zi bir yuborilgan voqealar yoki bo'lmasa savollarni saytda chop etishga uyalaman hatoki. 
Kecha bir qizning boshidan kechirganlari haqidagi maktubiga ko'zim tushdi. Uni o'qib, qizning bu holatida qanday maslaxat berishni ham bilmadim hatto. Balki unga siz yordam berarsiz.

***

Salom meni yoshim 20da.
Ismim Malika
(ism o'zgartirilgan) Ota onam Men Dunyoga Kelgan kuni ajrashib ketishgan.
Sababi meni Qizbola bolib dunyoga kelganim ekan.
Ikki ammam oyla qurishmaganligi sababliymi bilmadim ammo meni Istashmagan dunyo yuzini kormasimdan oldinroq Qiz tuģsang ketasan deb shart qoygan ekan.
Onam meni tuģgach ketdi xam bobom buvim bilan yashashga majbur bolgan ekan.
 Men endi yoshimga tolgan kunim meni  buvimga tashlab.
Onam dadam bilan yashay Boshlagan keyin ukam tuğilgan ularni Xatto ukam xam dadam oyimni oylasi buzilishidan asrab qola olmadi.
Biz Toģalarimizni qolida ulģaydik.
1ta toģa 40ta otani ornini bosadi diyishadi 
Ammo bu yolģon shu qadar azoblashdikiy dunyoga kelganimizga bazida pushaymon yerdik.
Kaltak Dashnomni tagida o'sdik.
Onam jigari bolsada malol kelardi aka ukasini minnatliy nonini azob bilan yutardi.
Ikki yetimchangni Otasiga tashlab kel....
Otasiga kerak emasmi menga xam kerak emas deb...
Toygunicha urardi ..
Men ukamni onamni korib azoblanardim men dunyoga kelmaganimda Qiz bola bolmaganimda onam ukam bu qadar azob chekmasdi.
Otamni shu kungacha biron marotaba kòrmaganman.
Toģalarim kaltagi debmi  bilmadim kop shifoxonaga yotdim.
Bolaligimiz shu zayilda otdi.
Men oqib ishliy boldim.
Ukam xam oqishga potaxtga ketdi.
Bobom buvimdan ayrildik.
20yoshga  Tòldim.
Ammo sinovlar orni tugamadi.
Onam qarindoshlarim zorligi bilan  Meni unashtirishdi.
U bolani xatto biror marta kòrmadim Germaniyada ekanini bilaman mendan 4yosh kotta ekan.
Xatto sevganim bor deya olmadim.
Yiģlab yiģlab indamay qoydim.
Avvaldan boshim oģrib òrnimdan tura olmay qattiq oģrib turardim.
Ammo bu oģriq kuchayib ketdi burnim qonab toxtamay qayt qila boshladim.
Shifoxonaga Borib kòrikdan otdim.
Endi Bu sinovga nima dey orqa miyya gematomasi deb tashxis qoyishdi travmadan keyingi deyishdi.
Xaqiyqatdan afto xalokatga uchragandim.
2yil oldin.
Zudlik bilan aperatsiya qildirishimni aytishdi.
Ammo Qarindoshlarim uchun Toy Or nomus birinchi orinda edi.
Ular òlsang Eringnikida olasan unashtiruvni qaytarmaymiz deyishdi.
Bu sinovlar qaysi aybim uchun berilayotganini bilmadim.
Onam xatto meni eshitishni istamayaptilar 
Xammani xayoli toy xashamda.
Biror gap aytsam kormaganman u yigitni Desam avvallar xam xech birimiz kormay tegib mana òlmadik Etagimiz Tòla Farzand sevmasak xam yashayapmiz deb Oģiz ochirishmaydi. 
Toğri balki xato qilayotgandirman sevishga tanlashga yoshlik qilarman.
Ammo kongilga buyurib bòlmaydiku Naxot Ota onalar oylashmaydi shuni.
Eski zamonnikuu bilmadim.
Xozir Bir ilinj istak bilan Sizga shularni yozib yuborayapman.
Xozir Qaysi yoldan yurishni bilmayapman.
Toyimmi Aperatsiyami 
Ikkisi xam oxiri yoq berk ko'cha
Ikkisi xam baxt beermaydi.
Konglimga xech narsa Siğmayapti.
Xatto onam xam eshitishni istamaydi.
Yashagim kelmayapti juda charchadim bu Mitti jussam buncha yukni kòtara olmayapti Bugun Biror Maslaxat kerak bolgani uchun sizga yozyapman.
Ota onalarga bittagina balki songgi iltimosimdir.
Farzandingizga Dunyooooni maaas Mexringizni bering.
Boshqa xech nima kerakmas Ularga...



Eslatib o‘tamiz, xar yakshanba muxlislar kuni bo‘lib, o‘z muammo yoki ko‘ngil kechinmalari bilan bo‘lishib, keng omma bilan xal qilishga imkoniyatingiz bor.
tarona.net@bk.ru pochtasiga voqea yoki muammoingizni yozib yuborishingiz yoki @TaronaSupportBot manziliga telegramdan voqeangizni yuborishingiz mumkin.
Bunda sizni telefon raqamingiz ko‘rinmasligi va sizni voqeangiz anonim tarzda chop etilishiga kafolat!
Diqqat! Saytga chop etilib bo‘lingan maktub keyin talabga binoan olib tashlanilmaydi!
Voqeangiz sayt orqali keng ommaga chiqishi va xalqdan turli maslaxatlar bo‘lishini bilib turib jo‘natdingizmi, o‘zingiz kutmagan va yoqtirmagan maslaxatni olib keyin olib tashlang deyish mantiqsiz!
Категория: SEVGI DUNYOSI
Просмотров: 10998 | Рейтинг: 1| Рейтинг: voz kechgan, kelishi bilan, Ota-Ona, Qiz, tarixi, Dunyo
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 16:20
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное