Hilola Hamidova - Mana ... Hilola Hamidova - Mana ...
G'ulomjon Yoqubov - Sog... G'ulomjon Yoqubov - Sog...
Сергей Лазарев - Сдавай... Сергей Лазарев - Сдавай...
Вера Брежнева - Ты Мой ... Вера Брежнева - Ты Мой ...
Дана Соколова feat. L'O... Дана Соколова feat. L'O...
VIA Osiyo - Laki Laki (... VIA Osiyo - Laki Laki (...




Меню
Поиск
Реклама
Фотоалбом
Sardor Rahimxon
Сундтреки
. Великолепный Век-Soundtreck (of Rada Ray)
. Efir Sirlari - Soundtrack 4
. Osiyo-Asi [soundtreck]
. Jumong-soundtreck
. Ishdagi Ishq - Служебный роман
. Qo'rqmas - soundtreck (music)
. Qalbim Chechagi-soundtreck2
. Ishq Jodusi-soundtreck
. Romeo va Juletta - soundtreck
. Pazanda - Sad Love
. Iyun Oqshomi - Yeri Nasalama (soundtreck)
. So'nmas Sevgi - I Love You [soundtreck]
. Efir Sirlari - Soundtrack 3
. Vorislar - Soundtreck (serial korea)
. Merlin-Soundtreck
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Nega Yulduz Usmonovaning konsertiga oddiy muxlis kirolmaydi?


Yaqinda uydagilar Yulduz Usmonovaning konsertiga oldinroq qatordan bo‘lsin, deb ikkita bilet “buyurtma” qilishdi. Saroy kassasiga yetib borishim bilan doimgidek turnaqator navbatga duch keldim. Chiptalar narxi qatoriga qarab 25 mingdan 250 ming so‘mgacha.

Kassadan chiqar ekanman, yana o‘sha chiptafurushlar atrofimni o‘rab olishdi, “Chipta kerakmi? Istagan joyingizdan qilib beraman. Qaysi konsertga tushmoqchisiz o‘zi?”. Har qanday konsertga bilet topib berish qo‘lidan kelishini aytgan shovvozlarning biridan O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova konsertiga oldinroq qatordan bilet olmoqchi ekanimni aytdim.

— Nechanchi qatordan kerak? 5-qator bo‘ladimi?

— Qancha?

— 450 ming so‘m, 440 mingdan qilib beraman.

— Sal orqaroq qatorlar-chi?

— O‘ziga qarab-de. 250 minglik joylar ham bor.

— Birinchi qator qolmaganmi?

— Qiberamiz.

— Qanchadan qiberasiz?

— Ikki kishilik taklifnoma bor. Hozirgina keldi, men “okam”dan so‘ray, deb chetroqda qarta o‘ynab turgan “oka”lari yoniga yugurib borib keldi va 600 mingdan qilib beramiz, dedi.

— Ikki kishiga 1 million 200 ming so‘m bo‘ladimi shunda, – dedim hayratimni yashirmay.

— Him.

— 4-5 dona olsa ham shu narxmi?

— 450 minglik biletni 440 ming qilib bera olaman. Bizga nari borsa, 20 ming so‘m qoladi.

— Yo‘g‘-e, deganimni bilaman, chiptafurush ham dardi hol qilib ketdi.

— Nimaga hamma ko‘chadagilarga ko‘p qoladi deb o‘ylaydi-a? Biz o‘z narxida olmaymiz-ku.

— Biletda boshqacha narx yozilgan bo‘ladi-ku, deyishim bilan ozg‘inroq sherigi ham gapga aralashib, dardini ayta ketdi.

— Biz “shapka” berib olamiz. Sizlardek 4-5 ta emas, 20-30 ta olamiz. Plastik kartadan yoki pul ko‘chirib emas, faqat naqd pulning ustiga “shapka” bersakkina bilet berishadi. Biz joyni ham tanlab olamiz, “karopka” joylarni, ya’ni o‘rta, eng zo‘r ko‘rinadigan joylarni. Kassaga o‘tsangiz faqat yon tomonlarini sotishadi. Bizga tag‘in ollaring deb “nagruzka” ham berishadi, balkon, yon qatorlar, tepalardan. Majbur olamiz-de, iloj yo‘q.

Chiptafurushlarning "dardi"ni tinglab, e, bularga ham oson emas ekan, degan o‘y o‘tdi xayolimdan.

Yaqinda bir tanishimning qarindoshlari uzoq viloyatdan O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘raevning konsertiga kelishayotganini aytdi. "Istiqlol"ga borsak, kassada odatdagidek bilet yo‘q. Ko‘chadagi chiptafurushlar 7-qatordan ikkita biletni bir millionga "baholashdi" . Olmayin desa, mehmon otangdek ulug‘ degan gaplar bor, olay desa... Ilojsiz oldik va ne ko‘z bilan ko‘raylikki, har ikki biletga 200 ming so‘mdan (!) narx yozilgan. Dardingni kimga aytishni ham bilmaysan.

O‘zingiz o‘ylang, 500-600 ming, e boring ana, bir million so‘m maosh oladigan kishi ro‘zg‘oridan orttirib konsertga tusha oladimi? Eng avvalo, Xalq artisti, Xizmat ko‘rsatgan artistlarning konsertidagi narxlar xalqning cho‘ntagiga og‘irlik qilmaydigan bo‘lishi kerak emasmikin? Birinchi navbatda, ular xalqparvarligi bilan barchaga o‘rnak bo‘lishi lozim nazarimizda...

Shu o‘rinda davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 3 avgust kuni ijodkor ziyolilar bilan uchrashuvda aytgan quyidagi so‘zlarini eslash joiz. "O‘zbekistonda adabiyot va san’at, madaniyat, ommaviy axborot vositalari, ma’naviyat va ma’rifat biznesga aylanmasligi shart va biz bunga hech qachon yo‘l qo‘ymaymiz. Kimda-kim bu sohalarga faqat pul ishlash, faqat iqtisodiy foyda ko‘rish maqsadida kirayotgan bo‘lsa, ular, marhamat, tadbirkorlik, biznes sohasiga borsin".

Aytay desangiz, muammolar bisyor. “Istiqlol” san’at saroyining telefon raqamlariga kun bo‘yi telefon qilsak ham bir bor bo‘lsin ko‘tarishmaydi, muassasaning www.istiqlolsaroyi.uz saytidan esa kerakli ma’lumotlarni olishga urinish befoyda. Sayt ma’lumotlari muntazam yangilab borilmaydi, interaktiv xizmatlar yo‘lga qo‘yilmagan, deb yozadi O‘zA muxbiri.

Bugun hamma sohada zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari keng qo‘llanilmoqda. Shunga monand saroy ma’muriyati ham chiptani sayt orqali onlayn sotishni yo‘lga qo‘ysa, ortiqcha ovoragarchiliklarning oldi olinarmidi. Saroy atrofida avtomabillar uchun turargoh ham muammo. Uzoq viloyatdan mashinada kelgan yurtdoshlarimiz ortiqcha noqulayliklarga duch keladi. Umid qilamizki, mazkur maqolada ko‘tarilgan muammoli masalalar saroy ma’muriyati tomonidan bartaraf etiladi va bizning bu mavzuga yana qaytishimizga hojat qolmaydi.



Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 8089 | Голосов:: 0| Теги:: yulduz usmonova
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Сизда Изоҳ қолдириш ва фикр билдириш хуқуқи мавжуд эмас.
Фақат сайтимиздан руйхатдан ўтган фойдаланувчилар изоҳ қолдириш ва фикр билдиришлари мумкин.
[ РЎЙХАТДАН ЎТИШ | САЙТГА КИРИШ ]

Профил

Время: 03:44
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Реклама
Новинка у нас
. Kaniza - Baribir  
. Oybek Xolmedov - Jiydaning Gullari  
. G'ulomjon Yoqubov - Sog'inganimda  
. Дана Соколова feat. L'One - Голос  
. Yulduz Usmonova feat. Serdar Ortach - Diyamem  
. Mohim - Uradi Yurak  
. Camila Cabello feat. Young Thug - Havana  .
. Shox - Ayirdilar  
. Guli Asalxo'jayeva - San San  
. Джиган feat. Артем Качер - ДНК  
. Madina Mumtoz - Ona Dardingiz  
. VIA Osiyo - Laki Laki  
. Manzura - Oyijonim  
. Мот - Побег Из Шоубиза  
. Согдиана - Будь Со Мной  
. Shahzoda feat. Shohruhxon - Kel  
. Мот - Соло  
. Dilso'z feat. Sinan O'zen - Sevgilim  
. Anvar Sanayev - Go'zalim Go'zal  
. Asilbek Amanulloh - Oppoq Aka  

Мини-Чат
Tarona.net

Сайтимиз янгиликларидан доимий хабардор бўлиб туриш хизмати by Email


                   
Самое Популярное
. Ummon o'grimi Yoki BENOM... [Exclusive Intervyu]
. Ummon guruhi - Dengiz
. Ummon - Sensiz
. Shahzoda - Shunchaki
. Ummon - Alvido
. Ummon - Sen Kechir
. Ummon - Ana Endi Yeg'la
. Ummon - Eslab Qol
. Ummon - Tola
. Ummon - Ming Afsus