Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Yulduz Usmonova: “O‘zbekistonga tosh otgan yo xalqning tinchligini buzmoqchi bo‘lgan muxolifatchilar qarshisida meni ko‘rsin”

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimovning vafoti nafaqat O‘zbekiston xalqini, balki dunyoni, jumladan,  ko‘plab siyosatchilarni larzaga soldi. Yer yuzi buyuk davlat arbobi va siyosatchidan ayrildi.
 
Ayni musibatli kunda O‘zbekiston xalqiga yelkadosh bo‘lib, uni qo‘llab-quvvatlayotgan, do‘stona qo‘l uzatib, Prezident Islom Karimov olib borgan oqilona siyosatni alohida e’tirof etayotganlar bisyor.
 
Ijtimoiy tarmoqlarda panada turib o‘zini muxolifatchi atab, yurtga, xalqqa tosh otayotganlar, O‘zbekistondagi siyosiy jarayonlarni o‘zicha tahlil qilishga urinayotganlarning gaplari, iddaolari esa odamning kulgusini qistaydi, xolos. Ular O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovani ham o‘zlariga sherik qilishga harakat qilishdi. Usmonova esa bularga nisbatan videointervyu orqali javob qaytardi.
“Hozir hammamiz uchun og‘ir vaqt. Prezidentimizni Yaratgan rahmatiga olsin. O‘zimdan o‘tayotganini o‘zim bilyapman. Prezident Islom Abdug‘anievich Karimov farzandlarini hayotda ildam qadam bilan davom etishga chorlab ketdi. Demak, uning qilgan ishlarini davom ettirish kerak.
 
Muxolifatchilarning yozganlarini o‘qib achchig‘im keldi. Xalqimiz Yurtboshimizni oxirgi manzilga ko‘zida yosh bilan kuzatdi. Xalqimga ta’zimdaman, ofarin. Dunyoning ko‘plab rahbarlari Prezidentimizga havas qildi. Muxolifatchilar xursand bo‘lmasin. Ularga aytar gapim bor: Silarning qarsangizga, beradigan pulingizga qarab qolgan joyim yo‘q. Xalqim meni boqib oladi. Turkiyada yashagan vaqtimda ham biz taraf bo‘ling, deb xat tashlab ketdinglar. Men hech kim taraf bo‘lmayman. Men haq va xalq tarafidaman. Demak hali ko‘zingiz ochilmabdi. Sizlar nimani sevasiz o‘zi? Xalqnimi, mansabnimi yo pulni? Bu juda katta savol. Men nabiralarimni har kuni quchoqlayman, ovqatimni xotirjam yeyman. Yana nima kerak?
 
Prezident juda katta mehnat qilib ketdi. Qaysi xalq o‘z rahbari bilan shu darajada faxrlana oladi? Shogirdlariga ham ofarin. Ta’ziya marosimlarini juda chiroyli o‘tkazishdi.
 
Men mana shu yurtning tinchligi uchun nima kerak bo‘lsa, shuni qilaman. Menga qancha tosh bo‘lsa oting, o‘tib ketadi. Biroq O‘zbekistonga nisbatan biror narsa degan yoki xalqni tinchligini buzgan kuningiz qarshingizni meni ko‘ring”, deydi Yulduz Usmonova videomurojaatida.
 
Shu o‘rinda tahririyatimizning ham chetdan turib to‘n bichayotganlarga aytar so‘z bor: Nima kerak sizlarga? Tinch, osoyishta, shukrona keltirib yashayotgan xalq boshiga yana nelarni solmoqchisiz? O‘zingizni adolat peshvosi, savob va gunoh tarozboni qilib ko‘rsatishdan ne naf? Axir butun dunyo o‘z ko‘zi bilan ko‘rdi kimligingizni. O‘zbekiston xalqi, farzandlari kechagimas. Uning jipsligini qarang. Nahot, ochiq ko‘zlaringiz shu ahillikni ko‘rmayotgan bo‘lsa? Kimga yana nimalarni isbot qilmoqchisiz? Bu savolga vijdonan javob axtaring. Kechagi nayranglaringiz bugun o‘tmaydi. 
Qamariddin Shayxov


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 11604 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: yulduz usmonova
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
Kamoshcha Raxmat! biz O'ZBEKMIZ XUDOGA SHUKUR...gaplaringiz dalsangiz uchun raxmat
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 10:35
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное