Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Yulduz Usmonova Seulda vatandoshlarimiz uchun konsert beradi!

Yulduz Usmonovaning  "Osiyo Grand” to‘yxonasida  kaltaklangani haqidagi shov-shuv hali tinchib ulgurgani yo‘q. Faqat olg‘a qadam bosishni xush ko‘radigan xonanda esa ijodini davom ettirmoqda. Aslida yuqoridagi kabi shov-shuvlar Yulduzning hayotida yangilik emas. Goh, uni Bonu bilan bog‘liq mojarolarga bog‘lashadi, goh shaxsiy hayotida ko‘p erlaridan yolchimagani va boshqalar...Primadonna yukini ko‘tarish ham oson emas! Ayni kunlarda Janubiy Koreyaning Seul shahrida 4-may kuni bo‘lib o‘tajak konsertiga hozirlik ko‘rayotgan Yulduz yangi qo‘shig‘i katta qiziqishga sabab bo‘lishidan umidvor. Xabaringiz bor, xonanda bir necha kunlar ilgari "Ota faryodi” qo‘shig‘ini muxlislariga taqdim etgandi. Viloyatlardan birida ko‘prik muammosi sabab, soyga oqib  ketgan bolakay ruhiga bag‘ishlab, ta’sirli qo‘shiq  kuyladi.  Shu mavzuga o‘xshash yana bir og‘riqli voqea Yulduzni o‘ylantirib qo‘ydi. Janubiy Koreyada yaqinda cho‘kib ketgan kema yuzlab yoshlar, o‘smirlar hayotiga zomin bo‘ldi. Yangi qo‘shiq aynan shu mudhish voqea haqida. Qo‘shiq koreys tilida yangrasa, Yulduz koreyaliklar muhabbatini qozonsa ham ajabmas. Ma’lumotlarga qaraganda, Obid Asamov ham ishtirok etajak Yulduzning Seuldagi ilk konserti anshlag o‘tishi taxmin qilinmoqda. 


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 7373 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 2| Рейтинг: yulduz usmonova
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
ADMIN ;)
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 16:16
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное