Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Nilufar Usmonova bir yilda qanday qilib 24 kiloga ozganini fosh qildi

Oynai jahonda, sahnada mashhurlarning tashqi ko‘rinishini kuzatib borishga odatlanganmiz. Har gal o‘zgarib boruvchi qaddu qommatni ko‘rib «Bular bir deganda xipchabel bo‘lib olishadiya. Qanday ozishar ekan?» deya izoh beradiganlar ham bor. Chetdan qaraganda bir zumda paydo bo‘lgan chiroyli qomat ortidagi mashaqqatlar esa shu kungacha sizga sir edi. “So‘g‘diyona” nashri ayrim san’atkorlarning sirlarini fosh qildi. Ulardan biri xonanda Nilufar Usmonova. 
Nilufar USMONOVA, xonanda: — Qishloqda buvimning tarbiyasini olib ulg‘ayganim uchun yoshligimda durkun qiz edim. To‘g‘risi, bu menga sira halaqit bermasdi. Ammo uchinchi o‘g‘limni dunyoga keltirganimdan keyin taroziga ko‘zimning qirini tashlasam, 73 kg.ni ko‘rsatib turibdi. Ana o‘shanda «Tamom, ozaman!» dedim. Bilasizmi nima uchun? Atrofimdagilarga, muxlislarimga, va hatto, turmush o‘rtog‘imga yoqish uchun emas, aksincha o‘zimni qulay his etishim, ko‘zguga qaraganimda ko‘nglim ko‘zim quvonishi uchun. 4 oy davomida och qoldiradigan parhez tutib natijaga erisholmadim. Keyin mashg‘ulotlar zaliga bora boshladim.  Natija ko‘ringani sari qiziqishim ortib boraverdi. Yana har uch kunda bir marta issiq suvga 750 gramm iste’mol sodasi va 500 gramm osh tuzini aralashtirib, 40 daqiqa davomida vanna qabul qildim. Vannadan chiqiboq  zanjabil, limon va asal qo‘shib damlangan choy ichdim. Menimcha, ortiqcha santimetrlardan xalos bo‘lishda eng muhimi – shoshmaslik. Bir haftada yoki bir oyda erishiladigan narsa emas bu. Sabr va maqsad. Mana shu mening strategiyam. Roppa rosa bir yil o‘tib, yana taroziga turdim. 49 kg!
“So‘g‘diyona” gazetasining 28-sonida Halima Ibragimova, Madina Mumtoz, Ulug‘bek Qodirov, Umidaxon hamda Jamila G‘ofurova kabi san’atkorlarning bu boradagi sirlaridan voqif bo‘lishingiz mumkin.


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 11153 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Nilufar Usmonova
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
yulduzik666 Molotsom B)
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 09:57
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное