Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Nilufar Usmonovaning sobiq turmush o‘rtog‘i vafot etdi

Xonanda Nilufar Usmonova o‘zining Facebook`dagi sahifasida o‘g‘li Said Agzamxonning otasi, sobiq turmush o‘rtog‘ining vafot etganini bildirib, uning suratini joyladi va quyidagi so‘zlarni yozib qoldirdi:
“19 fevral 2016 yil men uchun aziz bo‘lgan farzandim Said Agzamxonning otasi, sobiq turmush o‘rtog‘im omonatini topshirdi. Olloh joylarini jannatda qilsin. Ohiratlarini obod qilsin. Men sendan menga qachonlardir orzu bo‘lgan birinchi farzandimni sovg‘a qilganing uchun, o‘z vaqtida mehr berib hayotimdagi eng yaqin insonim bo‘lganing uchun va o‘z vaqtida menga oz bo‘lsa-da baxt bera olganing uchun bir umr minnatdorman. Haqqinga doim duo qilaman. Aziz insonlar, bu dunyoda hamma ham hato qiladi. Lekin Olloh sevgan bandalarini mana shu hayotda tirikligidayoq sinov berib qay yo‘l bilan bo‘lsa-da, gunohlaridan tozalab o‘ziga olarkan. Yosh edi hali jon topshirishga, lekin Ollohga shak keltirib bo‘larmidi. Sendan o‘g‘ling menga meros qoldi. MEN SENDAN ROZIMAN va bir umr minnatdorman, bu dunyoda hech kim farishta emas. O‘zini musulmon deb bilgan har bir insondan so‘rovim shuki, har hil gap-so‘zlarga berilmasdan dunyodan ko‘z yumgan odamni orqasidan g‘iybat qilib, tog‘- tog‘ gunoh orttirmasdan, haqqiga tilovat qilib, duo qilib, qo‘yinglar. Chunki har birimizning borar joyimiz mana shu qaro tuproq ekan.Men bugun o‘zimni xuddi o‘tmishdagi oz fursatlik quvonchimni ko‘mgandek bo‘ldim. Ishoninglar endi hayotimga aloqasi yo‘q,deb o‘ylagan odamingiz uchun ham aza tutar ekansiz. Hamma onalarning baxti butun bo‘lsin. O‘tganlarni Olloh mahfiratiga olsin. Said Agzamxon, bolam hali yoshsan tushunmassan, lekin hamdardligimni qabul qil. Olloh senga sabr bersin, baxtimga umring uzoq bo‘lsin. Baxtinga biz doim bor bo‘laylik!”.
Shu o‘rinda biz ham “Darakchi” tahririyati nomidan xonandaga va sobiq turmush o‘rtog‘ining oila a’zolariga ta’ziya bildiramiz.



Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 13938 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Nilufar Usmonova
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
Sadiya Joylari jannatdan bosin...
Like | 0
Nargiz9888 Joylari jannatdan bo'lsin...O'g'lizga qogan umirlarni qo'shib bersin iloxim...
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 23:12
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное