Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Ishq Jodusi - Call My Name
. Ko'sem - Soundtreck music (Turk serial)
. Qish Sanatasi-Soundtreck
. Sa Rasta Rastare-soundtreck (Indea)
. Klon-soundtreck
. Qaxvaxona - soundtreck (Offical)
. Sevgi Iztirobi - Nihan Muzurluk Peinde
. Qirolicha - Soundterck
. Qirolicha - Soundtreck (Bidam Love)
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - piano music soundtreck
. Muhabbat tantanasi - soundtreck
. Pazanda - Sad Love
. Qor Alangasi - Soundtreck [Offical]
. Kuz ertagi-soundtreck 2
. Sevgi Iztirobi - Silinmi Hatralar
Главная » Файлы » FIKR MULOXAZA

Nima uchun hozir yosh ko‘rinish urfda emas?

Aktrisa Sharliz Teron GQ jurnali muqovasi uchun suratga tushib, ayolning yoshi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashib, intervyu berdi, deb xabar berdi “Lady.mail.ru” nashri. 
“Ayollar vaqt o‘tgan sari keksalikka yuz tutib, erkaklar esa kundan-kunga yosharib boradi, degan fikr singib qolgan jamiyatda yashayapmiz. Biz jamiyat o‘zining nuqtai nazarini o‘zgartirishini kutdik, ammo o‘zimiz uni o‘zgartirishimiz lozimligini, bunga qurbimiz yetishini tushunib yetdim”, – deydi Sharliz Teron.
Ba’zi bir ayollar jamiyat fikrini o‘zgartirish bilan ovora bo‘lgan vaqtda, ba’zi birlari esa 40 yoshida 20 yoshli qizday ko‘rinish haqida orzu qiladi. 
“Agar yosh ko‘rinmasang, hech kimni maftun etolmaysan”
“Yuzimni nima qilsam ekan?” deb so‘raydi dugonam.
Uning yuziga hayron boqaman. Menimcha, yoshartiruvchi biror muolaja o‘tkazmoqchi shekilli. “Nima keragi bor? Yuzingni terisi odam havas qiladigan darajada silliq, vaqti-soati kelganda biror nima qilarsan”, deyman hayron bo‘lib. 
Dugonam 39 yoshga kirganiga qaramay, yuzi haqiqatan ham silliq, toza, ajin tushmaganligidan 30 yoshli ayolni eslatadi. Agar siz ham 39 yoshga kirgan bo‘lsangiz, demak 10 yildan beri faqat yosharish, ajinlardan teringizni himoya qilish haqida o‘ylaysiz.
Go‘zallikni, jozibadorlikni ayollar faqat yoshlikda, yosh bo‘lishda deb o‘ylashadi. Agar yosh ko‘rinmasang, demak xunuk ayolga aylanasan deb hisoblashadi. Bu ayollar to‘qigan eng mudhish afsona bo‘lib, unga ishongan ayol “yalmog‘iz kampir”ga aylanishi hech gap emas. 
“Plastik jarrohlikdan keyin ham o‘zgarmagan yuzlar”
Ko‘zguga qaraysiz, yuzingiz oxirgi 10 yil mobaynida qancha jarrohlikni boshidan o‘tkazmadi deysiz: botoks, rinoplastika, mezoterapiya, piling, filerlar, biorevitalizatsiya va hokazolar...
Ilgari yuzingiz boshqalarnikidan farq qilgan bo‘lsa, endi u deyarli hammaniki bilan bir xil, o‘xshash bo‘lib qolgan. Bundan Anjelina Joli va yana bir tanishim mustasno, ular korreksiya ta’sirida mutlaqo o‘zgarmagan, qolganlarniki esa niqob xolos.
Agar plastik jarrohlik yo‘li bilan yuzimni, yoshligimni saqlab qolaman desangiz, adashasiz, oradan o‘n yil o‘tgandan keyin jarrohlikdan foydalanganingizga afsuslanasiz. 
“Hozir hech kim 50 yoshli ayolni keksaygan deb hisoblamaydi”
Qancha harakat qilmang, baribir haqiqiy yoshni yashirishning iloji yo‘q. Tashqi qiyofangiz chiroyli ko‘ringani bilan hech kim 50 yoshida 30 yoshli ayolni eslatmaydi. Ilgarilari 50 yoshli ayol keksaygan deb hisoblangan bo‘lsa, hozirda bu qarashlar o‘zgarib ketgan. Chunki bugunga kelib yoshga nisbatan munosabat o‘zgargan. Bu odamning o‘ziga ham bog‘liq, agar 50 yoshda kampir qiyofasiga kirishni, o‘zingizni keksaygan deb hisoblashni istasangiz, marhamat, atrofdagilar ham sizni shunday qabul qilishadi. Har doim lab-lunjingizni osiltirib, duch kelgan kiyimni egningizga ilib olsangiz, o‘zingizga qaramasangiz, qarabsizki, kampirsiz!
“Tashqi qiyofaning o‘zi go‘zallik belgisi emas. Yuz terisini torttirish yuzga tabassum baxsh etmaydi”
Yevropaning har qanday klubiga tashrif buyurmang, u yerda 40 yoshdan yuqori bo‘lgan ayollarga ko‘zingiz tushadi. Shunday klublardan biri tashkil etgan konsertda 60 yoshdagi shved ayoli bilan tanishib qoldim. U Yevropa bo‘ylab safarga chiqqan, shaharma-shahar kezar, xostellarda to‘xtar, juda faol hayot kechirar edi.
Tashqi qiyofaning o‘zi yoshlik belgisi emas. Agar musiqaga, raqsga, dunyo bo‘ylab safar qilishga qiziqsangiz, buning uchun yuzingizni torttirishingiz shart emas. U sizga quvonch baxsh etmaydi. Zerikarli bo‘lgan odamlar 20 yoshida ham keksa ko‘rinishadi, yoshligi ham, ajinsiz yuzi ham uni qarilikdan qutqara olmaydi.
“Erkaklar qirq yoshda yosh ko‘rinadi, ayollar esa aksincha...”
Har qanday inson jinsidan qat’i nazar, qirq yoshida ham botokssiz juda jozibali ko‘rinadi. Erkaklar qirq yoshida ham yosh ko‘rinadi, ayollar ansincha degan bema’ni fikrni xayoldan chiqarib tashlash lozim. Yoqimtoylik insonning yoshiga ham, jinsiga ham bog‘liq emas.
“Ayollar faqat yoshlik baxt ato etadi deb o‘ylashadi”
Yillar davomida ongimizga singib qolgan bu fikrdan voz kechishimiz juda qiyin. Ayollar faqatgina yoshlik, go‘zallik baxt keltiradi deb o‘ylashadi. Kechirasiz, bu xato fikr. Go‘zal, jozibador va hayotga chanqoq bo‘lishni orzu qilishning o‘zi kifoya qilmaydi, balki shunday inson bo‘lishga o‘zimiz harakat qilishimiz lozim.


Категория: FIKR MULOXAZA
Просмотров: 8085 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Ayol, yosh ko'rinish, ozish
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 02:23
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное