Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Muhabbat tafti - Rabba Ve
. Choli Qushi-soundtreck
. Zerda - Soundtreck
. Sa Rasta Rastare-soundtreck (Indea)
. Великолепный Век-Soundtreck (of Rada Ray)
. Taqdir O'yini-Va Bank
. Saroy Javohiri-Soundtreck4
. Sherlock Holmes - soundtreck (offical)
. Yoz Ifori - Soundtreck
. Kelin - Soundtreck (Hind serial)
. Kuz ertagi-soundtreck 2
. Vorislar - Soundtreck (serial korea)
. Sherlock Holmes - soundtreck (mix)
. Muhabbat tafti - Meri Aankhon Mein
. Yoz Ifori-Soundtreck
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

“Non-choy sotgan vaqtlarimiz ham bo‘lgan”. Pul ortidan quvmay, milliarderga aylangan Odil Ahmedov

O‘zbek futboli va undagi asosiy shaxslar haqida gap ketganida, milliy terma jamoaning so‘nggi yillardagi sardori va asosiy futbolchilaridan biri bo‘lgan Odil Ahmedov nomini eslamaslik imkonsiz. Darhaqiqat, uning mamlakat futboli rivojiga qo‘shgan hissasi hamda individual mahorati haqida to‘xtovsiz gapirish mumkin. Haqiqiy vatanparvar deb nom berilgan Odil Ahmedov bugun, 25-noyabr kuni 34 yoshni qarshi oldi. “Daryo” shu munosabat bilan Odil Ahmedovning faoliyati va hayoti yo‘li haqida hikoya qiladi.

Professional faoliyatning boshlanishi va undagi qiyinchiliklar

Tashqi ko‘rinishi va jussasining tuzilishidan ham oddiy o‘zbek oilasidan chiqqani sezilib turadigan Odil Ahmedovning katta futbolga kirib kelishi oson kechmagan. Uning o‘zi ham bu borada juda ko‘p gapirib keladi.

Oilamizda faqat otam ishlaganlar, oylikka yashash va u bilan 5 farzandni boqish juda qiyin bo‘lgan. Shaharga yoki Toshkentga borib futbol o‘ynashga imkoniyatimiz bo‘lmagan. Shuning uchun yoshlikda mehnat qilishimizga to‘g‘ri kelgan, juda ko‘p qiyinchiliklarni boshdan o‘tkazganmiz. Toshkentga o‘qishga ketayotganimda, rahmatli otam juda katta motivatsiya berganlar. Ular menga hech qachon bahona qidirmaslikni va eng zo‘ri bo‘lishim kerakligini aytgandi. O‘sha paytlarda katta futbolga kirish ostonasida edim, meni “Navbahor”ga qabul qilishmagandi. Keyin otamning gaplaridan ta’sirlanib, sumkamni ko‘tarib, yana Toshkentga ketganman. Bir yil “Lokomotiv”da yurganman, keyin “Paxtakor”ning asosiy tarkibiga jalb qilinganman”, — degandi Ahmedov professional faoliyatining boshlanishi haqida.

U bolalikdagi qiyinchiliklari haqida gapirar ekan shunday deydi:

“Aka-ukalar chiqib, bozorda narsalar sotganmiz, yonimizda stadion bo‘lardi, u yerga chiqib non-choy sotgan mahallarimiz ham bo‘lgan. Juda ko‘p qiyinchilik ko‘rganmiz. Toshkentda o‘qib yurgan paytimda Namanganga ketishga yo‘lkiraga ham pul bo‘lmagan holatlar bo‘lgan. Bunaqa vaziyatlar oilamizda juda ko‘p bo‘lgan. Juda qiynalganman, hatto o‘sha mahal futbolni tashlamoqchi ham bo‘lganman. Lekin otam rahmatli buning hammasi o‘tkinchiligi va barchasi o‘z qo‘limdaligini aytardi. ‘Agar sen harakat qilsang, hammamizni bu vaziyatdan olib chiqib ketasan’, degandilar”.

 

Haqiqatan ham, ancha yosh paytida futbol o‘ynash uchun uyidan chiqib ketgan Odil 19 yoshigacha turli jamoalarning asosiy tarkibiga kira olmay yuradi. Bular qatorida o‘zi tug‘ilib o‘sgan Namanganning “Navbahor” va “Lokomotiv Toshkent”ni ko‘rish mumkin. Va faqatgina 2006-yilga kelib, Odil “Paxtakor”ning asosiy tarkibiga jalb qilinadi. Buning qanday sodir bo‘lgani haqida bir necha yil avval jurnalist Nodirxo‘ja Yo‘ldoshev shunday yozgandi:

“2005-yili Samvel Babayan Olimpiya zaxiralari kollejiga seleksiya uchun tashrif buyuradi. O‘zi bilan Tajmurod Agamurodovni ham olgan. Ikkiga bo‘linib o‘ynayotgan jamoa ichida Agamurodov Odilni Babayanga tavsiya qiladi. Babayan o‘z navbatida uni “Paxtakor”ga jalb qiladi. 2006-yil uni Abramov olimpiya terma jamoasiga taklif qiladi.

Valeriy Nepomnyashchiy esa O‘zbekiston Kubogida unga imkoniyat beradi va “Qizilqum” – “Paxtakor” o‘yinida asosiy tarkib bilan qolishini aytadi. 2-bo‘limda Uche Ixeruome (2005—2010-yillarda “Paxtakor”da o‘ynagan nigeriyalik legioner — izoh “Daryo”) o‘rniga Ildar Magdiyev tushadi. 84-daqiqada Ildar jarohat oladi, uning o‘rniga Ahmedov tushadi. Shundan keyin Valeriy Kuzmich sekin-asta uni asosiy tarkibga qo‘ya boshlaydi. Aynan u aslida Odilga “Paxtakor”da imkoniyat bergan insondir. Lekin faqat ugina Odilni kashf etilishida o‘zining hissasi yo‘qligini aytgan. 2014-yil ijodiy safar bilan Moskvaga borganimda, Valeriy Kuzmich bilan “SSKA” ofisida ko‘rishganmiz. Shunda men u kishiga ‘Odil uchun sizga katta rahmat’, deganimda, uning javobidagi kamtarlikka besh ketganman. ‘Men uni bor yo‘g‘i asosiy tarkibga qo‘ydim, qolgani o‘zining mehnati’”.

Shundan so‘ng Ahmedov “Paxtakor” safida yorqin o‘yinlar ko‘rsatishni boshlaydi va bir necha mavsum davomida barqarorlikni saqlab turadi. U o‘zi maydonga tushgan har bir o‘yinda jonkuyarligi va kurashlardan qochmasligi bilan boshqalardan sezilarli darajada ajralib turgan. Uning sodiqlik xislatlari ham tahsinga loyiq: 2008-yilda “Bunyodkor” yaxshi moliyaviy shartlar evaziga “sherlar”ning bir qator yetakchi futbolchilarini o‘z safiga qo‘shib oladi. Biroq Ahmedov jamoadan ketmaydi va bu qarorini sadoqat masalasi bilan bog‘laydi. Aynan shu omillar tufayli ham o‘sha yillarda Toshkent derbisi maqomida o‘tadigan “Paxtakor” — “Bunyodkor” qarama-qarshiligi haqiqiy jangga aylanib ketardi.

Rossiya va Xitoydagi faoliyati

2011-yilda Odil Ahmedovning hayotida yangi sahifa ochiladi, u o‘sha yili legionerga aylandi. 2011-yili o‘tkazilgan Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi yorqin o‘yin ko‘rsatadi, Odil Ahmedov esa jamoaning asosiy o‘yinchilaridan biri bo‘ladi. Aynan ushbu musobaqadagi o‘yinlar sabab Odilga bir qator xorij klublaridan takliflar bo‘ladi. Ahmedov arab jamoalarining anchagina “yog‘li” takliflarini rad etib, Rossiyaning “Anji” klubi variantini tanlaydi. Maxachqal’a klubidagi 3 yillik faoliyati davomida o‘zining nimalarga qodirligini isbotlagan yarim himoyachi jamoada Samuel Eto’O va Roberto Karlos kabi dunyo futboli yulduzlari bilan birga to‘p suradi.

Biroq 2013-yildan boshlab klubda moliyaviy inqirozlar boshlanadi va jamoani bir qator yulduzlar tark etadi. Shu jumladan, Odil Ahmedov ham 2014-yilda Rossiyaning boshqa bir jamoasi “Krasnodar” a’zosiga aylanadi. Krasnodarliklar safida ham Odil tezda o‘z o‘rnini topib oladi, jamoa tarkibida 101 o‘yin o‘tkazib, 7 ta gol va 14 ta golli uzatmani amalga oshirgani bunga isbot bo‘lishi mumkin.

Biroq 2017-yilga kelib, “Krasnodar”da murabbiy almashadi va u Odilga maydon markazida joy yo‘qligini aytadi. Shu tariqa u jamoasini o‘zgartirishga qaror qiladi. Uni Xitoyning “Shanxay SIPG” jamoasi 7 million yevro evaziga o‘z safiga qo‘shib oladi. Shanxayliklar safida ham Ahmedov Xalk, Oskar singari nomdor futbolchilar bilan to‘p suradi. Bir necha yillar davomida Xitoy chempionatida yuqori darajada o‘ynab kelayotgan Ahmedov u yerda “SIPG”dan tashqari, “Tyanszin Teda” va “Chanchjou Mayti Layons” klublarida to‘p surishga ulgurdi.

Ayni damda “Chanchjou Mayti Layons” futbolchisi hisoblangan Ahmedovning O‘zbekistonda ekanligi ko‘pchilikni qiziqtirmoqda. Uning o‘zi avgust oyida “Championat.asia” nashriga bergan intervyusida shunday degandi: “Xitoy chempionatida juda katta tanaffus yuzaga kelgan. Bu Xitoy terma jamoasining JCh—2022 saralashida o‘yinlar o‘tkazishi bilan bog‘liq. Fursatdan foydalanib uyda dam olyapman. Chempionat dekabr oyida tiklanadi”.

Shuningdek, futbolchi o‘sha intervyusida jamoasi bilan yana bir yillik shartnomasi borligi, faoliyatini chet elda yakunlashi va O‘zbekistonda o‘ynash niyati yo‘qligini ma’lum qilgan.

Terma jamoa va armon bo‘lib qolgan Jahon Chempionati

2007-yildan 2021-yilgacha, 14 yil davomida terma jamoada harakat qilgan Odil jamoaning haqiqiy jonkuyar o‘yinchilaridan bo‘lgan. U jamoa bilan to‘rt marta Jahon Chempionati saralashida qatnashib, har safar alamli mag‘lubiyatlarni qabul qilib olgan. Ammo Odil terma jamoadagi birorta o‘yinda shunchaki o‘ynamagan, balki tom ma’noda jang qilgan. Ahmedov terma jamoada 108 o‘yinda maydonga tushib, 20 ta golni o‘z nomiga yozdirib qo‘ygan.

O‘zbekiston terma jamoasi 2022-yilda Qatarda bo‘lib o‘tadigan Jahon Chempionatini uyda tomosha qilishi aniq bo‘lganidan keyin O‘FAda navbatdan tashqari kongress bo‘lib o‘tdi. Unda Odil Ahmedov terma jamoadagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi.

Shu joyda juda ko‘p gapirildi. Ammo bitta narsani aytmoqchiman: futbolni aldab bo‘lmaydi.

Bugun o‘zgarmasak, har 4 yilda shunday turib kechirim so‘raymiz. Futbolchi bo‘ladimi, murabbiy bo‘ladimi, shu sohadagi odam bo‘ladimi — futbolning manfaatini birinchi o‘ringa qo‘ymasa, bizda hech qachon natija bo‘lmaydi. Bu katta detallardan biri. Maydalari esa juda ko‘p.

Rossiyada, Xitoyda o‘ynadim, biz har tomonlama orqadamiz. Asosiy muammolarimizdan biri — bolalar futbolini to‘g‘ri yo‘lga qo‘ymaganimizdir.

Terma jamoadagi faoliyatimni yakunladim.

Odil Ahmedov

Shu tariqa milliy jamoaning ko‘p yillik fidoyi sardori o‘ziga munosib bo‘lmagan tarzda jamoadan ketdi. Inkor etib bo‘lmas bir jihat bor: so‘nggi 10 yillikda terma jamoaning o‘yini aynan Odilga bog‘liq edi, u ham maydonda, ham uning tashqarisida haqiqiy sardor bo‘lgan.

Bolalar futboli va “Odil Junior”

Odil Ahmedov deyarli barcha intervyularida Jahon Chempionatiga yo‘l bolalar futboli va jarayon to‘g‘ri tashkil qilingan futbol akademiyalaridan boshlanishini ta’kidlab kelgan. Ushbu so‘zlarni amalda ko‘rsatish uchun Odil Ahmedov 2017-yilda “Odil Junior” maktabiga asos soldi. Maktabga mamlakatning barcha viloyatlaridan iqtidorli bolalar qabul qilinib kelinmoqda. Akademiyada yaqin o‘tmishning yetuk futbolchilaridan bo‘lgan Zayniddin Tojiyevning ishlayotgani ham Odil Ahmedov oldiga jiddiy maqsadlarni qo‘yganidan dalolat beradi.

Bunga isbot tariqasida “Odil Junior”ning 2021-yilgi O‘zbekiston U-14 chempionatida g‘olib bo‘lganini keltirish mumkin. “Odil Junior”ning bu yo‘lda “Bunyodkor”, “Paxtakor”, “Nasaf” va “Mash’al” kabi klublar akademiyalarini ortda qoldirgani ham u yerdagi ishlar qanchalik darajada to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganini ko‘rsatib turibdi.

Bundan tashqari, Odil Ahmedov legionerlik davrida ishlagan pullari orqali tadbirkorlik faoliyatini ham boshlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, ishlab chiqarish, meditsina va boshqa sohalar bo‘yicha Namangan hamda Toshkent shaharlarida 2—2,5 ming nafar odamni ish bilan ta’minlagan.

 



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 1154 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Ahmedov, Pul ortidan quvmay, ham, vaqtlarimiz, “Non-choy, sotgan, milliarderga, Odil, bo‘lgan, aylangan
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 06:31
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное