Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

O`zbekiston va Qozog`iston Prezidentlarining tor doiradagi uchrashuvi bo`lib o`tdi



Oqo`rda qarorgohida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevni rasmiy kutib olish marosimi bo`ldi. Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. O`zbekiston va Qozog`iston davlat madhiyalari yangradi. Prezidentlar Shavkat Mirziyoev va Nursulton Nazarboev faxriy qorovul safi oldidan o`tdilar.

Prezidentlarning tor doiradagi uchrashuvida O`zbekiston va Qozog`iston o`rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashildi, deya xabar beradi O`zA.

Shavkat Mirziyoev mamlakatlarimiz o`rtasidagi yaxshi qo`shnichilik va hamkorlik munosabatlari tobora mustahkamlanib borayotganini ta`kidladi.

– O`zbekiston va Qozog`iston yaqin qardosh, asrlar davomida sinalgan sheriklardir. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov vafotidan keyingi og`ir damlarda bu yaqinlik yana bir bor namoyon bo`ldi. Xalqimiz Qozog`iston xalqi hamdardligini, qo`llab-quvvatlaganini chuqur his etdi va buni hech qachon unutmaydi. Mamlakatlarimiz o`rtasidagi hamkorlik yuksak ishonch va o`zaro hurmat asosida rivojlanmoqda. Turli darajadagi aloqalar faollashgani mamlakatlarimiz ko`p qirrali munosabatlarni kengaytirishdan birdek manfaatdor ekanining tasdig`idir, – dedi Prezidentimiz.

Nursulton Nazarboev Shavkat Mirziyoevni Qozog`istonga davlat tashrifi bilan qutlab, bu ikki davlat o`rtasida oliy maqomdagi muloqotlarning mantiqiy davomi, tomonlarni qiziqtirgan masalalarni muhokama etish uchun qulay imkoniyat ekanini ta`kidladi.

– Sizning tashrifingiz Navro`z bayrami kunlariga to`g`ri kelgani qadamingiz qutlug`ligidan dalolat. Qozog`iston bilan O`zbekiston munosabatlari har doim do`stona va samarali bo`lgan. O`zbekistonning Birinchi Prezidenti, mening qadrdon do`stim Islom Karimov ulkan hissa qo`shgan bunday yaqin hamkorlikni Siz bilan izchil davom ettirmoqdamiz. Keyingi besh oyda mamlakatlarimiz o`rtasidagi savdo aylanmasi 30 foiz o`sgani, o`zaro yangi mahsulotlar etkazila boshlagani buning tasdig`idir. Tashrifingiz doirasida o`tayotgan biznes-forumda qariyb 1 milliard dollarlik kelishuvlarga erishilgan. Sizning ushbu tarixiy tashrifingiz mamlakatlarimiz hamkorligini yangi bosqichga ko`taradi, – dedi Qozog`iston Prezidenti.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 4655 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Shavkat Mirziyoev
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 12:16
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное