Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Prezident Shavkat Mirziyoev Konstitusiya va Qur`onga qo`lini qo`ygan holda qasamyod qildi(Foto)




Bugun Toshkentda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag`ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo`shma majlisi ochildi.

O`zbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti Shavkat Mirziyoevning qasamyod qilish marosimi boshlandi.


Majlisni O`zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzo-Ulug`bek Abdusalomov ochdi.

Markaziy saylov komissiyasi raisi zalda hozir bo`lganlar va saylovchilar nomidan Shavkat Mirziyoevni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylangani bilan samimiy tabriklab, unga O`zbekiston Respublikasi Prezidenti guvohnomasi va O`zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining shahodatnomasini topshirdi.





MSK raisi Shavkat Mirziyoevni qasamyod qabul qilish uchun minbarga taklif qildi.

Prezident saylovda ishtirok etgan boshqa siyosiy partiyalarning etakchilari — Sarvar Otamuratov, Xatamjon Ketmonov, Narimon Umarovga minnatdorlik bildirdi.


O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 92-moddasiga muvofiq Prezident bir vaqtning o`zida qo`lini Konstitusiya va Qur`onga qo`ygan holda qasamyod qildi:
O`zbekiston xalqiga sadoqat bilan xizmat qilishga, respublikaning Konstitusiyasi va qonunlariga qat`iy rioya etishga, fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga kafolat berishga, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti zimmasiga yuklatilgan vazifalarni vijdonan bajarishga tantanali qasamyod qilaman”.




Tantanali marosimda O`zbekiston Respublikasi hukumati a`zolari, vazirlik va idoralar rahbarlari, Markaziy saylov komissiyasi rahbariyati, mamlakatimizdagi xorijiy davlatlar elchixonalari va xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari rahbarlari, milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etmoqda


 


Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 9730 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Shavkat Mirziyoev
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
NuR_KR Shavkat Miromonovich ga ishonamiz!
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 20:28
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное