Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

O‘likka turmushga chiqqan qiz


Filippinda og‘ir qayg‘udagi qiz o‘zining vafot etgan sevgilisiga turmushga chiqdi. Bu haqda Coconuts axborot portali xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, marosim Kauayan shahrida sodir bo‘ldi. 19 yoshli filippinlik Zarin (Zyrine) kelin ko‘ylakda sevgilisi Jeyk Entoni Makadangdang (Jake Anthony Macadangdang) ning dafn marosimiga keladi.

U qasamyodni qabul qiladi va qo‘liga uzuk taqadi. Ammo ikkinchi uzukni kuyovning qo‘liga taqishning iloji bo‘lmadi. Chunki Jekning qo‘llari qotib qolgandi.

Filippin kodeksiga ko‘ra agarda ikki tomonning birgina a’zosi nikohga rozilik bildirmasa, bu nikoh haqiqiy hisoblanmaydi. Shu o‘rinda o‘lik bilan bo‘lgan nikoh ham tan olinmadi.

Qizning sevgilisi avgustda tanishi Aron Kristian Reyes tomonidan o‘ldirilgan bo‘lib, Aron o‘z mashinasida mototsiklda ketayotgan Makadangdang va uning do‘stlariga bostirib keladi. Bungacha ular barda janjallashgan edilar. Bundan tashqari, bu voqea oqibatida yana sakkiz kishi jarohatlangan.

Makadangdang maktabni tugatishi bilanoq, chet elda ishlashni xohlagan. U Zarinni maktab davridan tanirdi va qizning uyidagilari ham uni yoqtirar edi. Shuning uchun ular bunday nikohga rozi bo‘lishgan.

Maftuna Mahmudjonova



Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 17776 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Qiz, O‘lik, turmush, chiqqan
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 10:20
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное