Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

O‘z qizini zo‘rlagan otaga 25 yil qamoq jazosi tayinlandi

Tojikistonda Dang‘ara tumani yashovchisi 25 yilga qattiq rejimdagi koloniyaga mahkum etildi. Erkak bu jazoni o‘z qizini shavqatsizlarcha tahqirlagani uchun olgan, deb xabar qilmoqda respublika Bosh prokuraturasi.

Xabar qilinishicha, Azizullo Abdulloyev, o‘z xonadonida bo‘lgan vaqtida 22:00ga yaqin 15 yashar qizini uyg‘otgan va uning ustidan jinsiy xarakterga ega zo‘ravonlikni sodir eta boshlagan. Uyda boshqa hech kim bo‘lmagan.
Qiz qarshilik ko‘rsatib, baqira boshlagan, ammo erkak uning yuzini yostiq bilan yopgan, natijada qiz hushini yo‘qotgan.
Abdulloyev jinoyatni shu tarzda davom ettirgan.
Holat haqida ma’lum bo‘lgach, Dang‘ara prokuraturasi tomonidan Tojikiston Jinoyat kodeksining 138-moddasi 3 «a» (zo‘rlash) bandi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Xatlon viloyati sudi shavqatsiz zo‘ravonni 25 yillik qattiq rejimdagi koloniya jazosiga mahkum etgan.


Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 17427 | Рейтинг: 0| Рейтинг: qamaldi, o‘z qizini, zo‘rlagan, Qiz
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 16:48
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное