Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

O‘zbek xonandalari nimadan havotirda?


“O‘zbekkonsert” Davlat muassasasida “To‘y-hashamlarda konsert-tomosha xizmatini ko‘rsatishni qonunchilik va milliy qadriyatlar asosida tartibga solish muammolari: amaliyot va istiqboldagi vazifalar” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi...

To‘ylar mavsumida ancha katta o‘zgarishlar kutilayotgan bir paytda, tabiiyki, san’atkorlar masalasi ham qayta ko‘rib chiqildi.

San’atkorlarga to‘lanadigan haq haddan ziyod yuqorilab borayotgani aholining jiddiy e’tirozlariga sabab bo‘lyapti.

Yig‘ilish davomida san’atkorlar mazkur mavzu borasida o‘zining fikrlarini bildirib o‘tishdi...

Nasiba Abdullayeva, O‘zbekiston xalq artisti: — To‘ylarda bitta san’atkor bo‘lsin, degan taklifni bir million aholi berayotgani qolgan o‘ttiz million aholining fikri emas-ku.

El suygan san’atkor, ko‘pchilik hamkasblarining tilida “aylangan” e’tirozli munosabatni gapirib so‘z boshladi. Uning hamkasblari, Abduhoshim Ismoilov, Rashid Xoliqov, Dilso‘z singari xonandalar ustoz san’atkorning gapiga qo‘shildi.

Uchrashuv davomida, “To‘ylar bo‘lmasa, san’atkor qaerdan pul topadi?” degan fikr va mulohazalar ham bo‘lganini alohida aytib o‘tish lozim. Ammo bo‘lib o‘tgan davra suhbatidan olingan xulosalar haqida gapirishga biroz erta. Natijasini kutamiz... Va yakuniy fikrlar tez kunlarda e’lon qilamiz...



Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 10716 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 0| Рейтинг: O‘zbek, xonanda, havotirda, nimadan
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
slada To`ylarni xarajatini qisqartirishi zo`rda san`atkorlar xam stavkalarini oshib yuborgan edi zo`r bo`libdi
Like | 0
Sherbek22232001 Qishloq sharoitga 200 ta kishi to'g'ri kelmasa kerak... Qishloqda hamma bir-birini taniydi. Eh...
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 08:56
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное