Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SPORT YANGILIKLARI

O‘zbekcha transfer. “Loko” ikki futbolchini boy berdi, “Nasaf” ruminlarni mag‘lub etdi, “Bunyodkor” shotland klubidan yengildi
 
Lokomotiv”
 
Osiyo chempionlar ligasida yarim finalga yetib borishni istayotgan klub ikki asosiy futbolchisidan ayrildi: Server Jeparov va Temurxo‘ja Abduxoliqov. Futbolchilar Eron va Qatar klublari bilan 1,5 yillik shartnomaga imzo chekdi.
Ularning o‘rni kimlar bilan to‘ldiriladi? Ivan Nagayev “Lokomotiv” bilan xayrlashgan, Marat Bikmayev 32 yoshga qarab ketmoqda. Chempionlar ligasining yarim finaliga chiqish uchun gol urish kerak. Golni kim yoki kimlar uradi?
San’at Sharipov
 
Futbol agenti Server Jeparovning Eronga yo‘l olishi haqida birinchi bo‘lib ma’lum qilgan va keyinchalik bu o‘z tasdig‘ini topgandi. 15-yanvar kuni Sharipov “Lokomotiv”ning ikki futbolchisi Qatarga o‘tishi haqida aytib o‘tdi. 16-yanvar kuni Temurxo‘ja Abduxoliqovning “As-Sayliya” safiga qo‘shilgani ma’lum qilindi.
Ikkinchi futbolchi kim? Yaqin soatlar ichida “Lokomotiv” yana bir futbolchisini Qatarga kuzatsa ajab emas.
 
“Bunyodkor”
 
O‘rtoqlik uchrashuvlari uchun raqiblarni chertib-chertib tanlagan “Bunyodkor” Shotlandiyaning “Aberdin” klubiga imkoniyatni boy berdi — 1:2. “Qaldirg‘ochlar” bunga qadar Gana terma jamoasidan 0:2 hisobida yengilgan, Xitoyning “Xenan Jianye”, Saudiyaning “Al-Faysaliy” klublari bilan esa 1:1 hisobida durang o‘ynagandi. 20-yanvar kuni “Bunyodkor” Iordaniya termasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi.
 
Bunyodkor” — “Aberdin” (Shotlandiya) 1:2
 
Gollar: Xayes, 2 (0:1). Javohir Esonqulov, 33 (1:1). Shinniye, 75 (1:2).
 
“Nasaf”
 
Ro‘ziqul Berdiyev stabil ushlab turgan Qarshi klubi Yevropaning kuchsiz klublarini mag‘lub etishda davom etdi. Bunga qadar Kipr va Ozarbayjon jamoalari ustidan 1:0 hisobida zafar quchgan “Nasaf”, endi Ruminiyaning “Botoshani” jamoasini shu hisob bilan mag‘lub etdi.
Nasaf” — “Botoshani” (Ruminiya) 1:0
 
Gol: Dragan Cheran, 34 (1:0).
 
“Paxtakor”
 
So‘nggi mavsumida kuchli to‘rtlikka ham kira olmagan “Paxtakor” 26 nafar futbolchi bilan Sharjaga jo‘nab ketdi. Oldinda klubni 4 ta o‘rtoqlik o‘yini kutib turibdi:
 
18-yanvar, chorshanba
“Paxtakor” — “Chanchun Yatai” (Xitoy)
 
25-yanvar, chorshanba
“Paxtakor” — “Krasnodar” (Rossiya)
 
27-yanvar, juma
“Paxtakor” — “Jilina” (Slovakiya)
 
29-yanvar, yakshanba
“Paxtakor” — raqib izlanmoqda…


Manba:daryo.uz
Категория: SPORT YANGILIKLARI
Просмотров: 3111 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 0| Рейтинг: lokomativ, Transfer
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
Rustam55 Temur qayt ozbega arab sani joyinmas undan kora ozimzda oynaganin yaxw
Like | 0
NuR_KR Temurxoja ketishi kerak edi U milliy jamoaga taklif qilinishi kerak bolgan futbolchi
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 20:54
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное