Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

O‘zbekiston xalq artisti Obid Yunusov 80 yoshida vafot etdi

O‘zbekiston xalq artisti, o‘zbek kinematografiyasining oltin fondidan o‘rin olgan ko‘plab filmlarning bosh rol ijrochisi, dublyaj san’atining mohir ustasi Obid Yunusov bugun, 21-sentabr kuni 80 yoshida vafot etdi. Bu haqda “O‘zbekkino” Milliy agentligi matbuot xizmati “Daryo”ga xabar bermoqda.
Obid Yunusov 1934-yil 20-noyabrda tug‘ilgan – aktyor, O‘zbekiston xalq artisti (1990). Yunus Rajabiyning o‘g‘li. Toshkent teatr va rassomlik san’ati inistitutini tugatgan (1956). 1956—1998-yillar Hamza teatri (hozirgi O‘zbek milliy akademik drama teatri)da ishladi.
Erkin (“Aytsam tilim, aytmasam dilim”), Qayum (“Yurak yonmog‘i kerak”), Xolmat (“Boy ila xizmatchi”), Abbos (“Mirzo Ulug‘bek”), Ma’mur (“Kelinlar qo‘zg‘oloni”), Kirill (“Oqshomdan tushgacha”), Yormat (“Qutlug‘ qon”), Sino (“Abu Ali ibn Sino”), O‘tkuriy (“Parvona”) kabi obrazlari bilan teatr sahnasidan mustahkam o‘rin oldi. U bir qancha filmlar (“Armon”, “To‘ylar muborak”, “Chinor ostidagi duel”, “Chayon gul”, “Shaytanat”, “Sharpa” va boshqalar)da ham suratga tushgan.
Dublyaj san’atining mohir ustasi sifatida tanilgan. Hamza nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati (1989), ”Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan (2003).
“O‘zbekkino” Milliy agentligi, O‘zbekiston kinoarboblar birlashmasi O‘zbekiston xalq artisti Obid Yunusovning vafoti munosabati bilan uning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.


Manba:daryo.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 9636 | Комментарии: 4 | Рейтинг: 1| Рейтинг: O‘zbekiston xalq artisti, Obid Yunusov
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 4
asal4953 Ajoyib aktiyor edilar ANIQSA PARVONADA ZÖR ÖYNAGANLA JOYLARI JANNATDA BÖLSIN
OILALRIGA SABR BERSIN.
Like | 0
azikaaaa96 Eeex juda yaxwi aktyor edilar ilohim joylari jannatdan bolsin
Like | 0
Dilso'z пишет: | 22.09.2015 | 11:06 #2 Страница с комментарием
omina1710 Joyi jannatdan bo'lsin
Like | 0
Nigow771 Xudo rahmat qilsin
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 02:14
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное