Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Obid Yunusov noqobil farzand fojiasi haqida

Bugun, 21 sentabr kuni 81 yoshida olamdan o‘tgan O‘zbekiston xalq artisti Obid Yunusov ishtirok etgan, uning oxirgi ijrosi bo‘lib qolgan "Norizo" nomli videorolik o‘zbekistonlik internet foydalanuvchilari e’tiborini o‘ziga qaratdi.
Ijtimoiy yo‘nalishdagi ushbu rolikda Obid Yunusov markaziy qahramon, noqobil o‘g‘il tomonidan qadrlanmagan ota obrazini ijro etish bilan birgalikda, kadr ortida monolog o‘qiydi.
Rolik syujetiga ko‘ra, farzandini oq yuvib, oq taragan, uni tarbiyalagan ota, o‘zi keksayib kuchdan qolgach, o‘z o‘g‘liga keraksiz bo‘lib qoladi. O‘z otasidan nomus qila boshlagan farzand uni oxir-oqibat qariyalar uyiga olib borib tashlaydi.
Ota esa o‘g‘liga faqat yaxshiliklar istab, qaytar dunyo unga ham o‘zi bilan bo‘lganidek qismatni ravo ko‘rmasligini tilaydi.
Voqealar yakunida o‘g‘il o‘z fojiasini anglab yetadi, biroq u otasini uyiga olib qaytish uchun kelganida, ota jon beradi.
Loyiha "O‘zbektelefilm" hamkorligida ishlangan. Loyiha mualliflari Barlos Ali va Obid Yunusov bu orqali jamiyat e’tiborini yana bir jiddiy muammo haqida o‘ylashga majbur etgan.




Manba:kun.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 12421 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Obid Yunusov, noqobil farzand
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
Nigow771 joylari jannata bolsin hudo ozi rahmatiga olsin
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 16:11
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное