Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck 2
. Saroy Javohiri-Soundtreck2
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck 3
. Qirol va Kanizak - Soundtreck
. Ayol Qalbi - You can't say
. Malikam Endi qara - Ask Laftan
. Zerda - Soundtreck
. Pazanda - Soundtrack
. Sevgi Iztirobi - Anlatamam
. Iyun Oqshomi - Yeri Nasalama (soundtreck)
. Romeo va Juletta - soundtreck
. Ko'sem - Beautiful (Turk serial)
. Sevgi Iztirobi - Silinmi Hatralar
. Yoz Ifori-Soundtreck
. Qish Sanatasi-Soundtreck2
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

O‘zbekistonda hafta davomida qor yog‘ishi kutilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Gidrometeorologiya xizmati markazi ma’lumotiga ko‘ra, ushbu haftada O‘zbekistonning aksariyat hududlarida yomg‘ir va qor yog‘adi.
Jumladan 23−25-fevral kunlari Toshkent shahri, Suxondaryo, Qashqadaryo, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, kechga borib qorga aylanishi mumkin. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida vaqt-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Buxoro va Navoiy viloyatlarida vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi.
26−28-fevral kunlari Respublikaning deyarli barcha hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqatgina Farg‘ona vodiysida 25−26-fevralda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Havo harorati shimolda kechasi 0−5° sovuq, kunduzi 5−10° iliq, janubiy, markaziy hududlarda va Farg‘ona vodiysida kechasi 0−5° iliq, kunduzi 5−10° iliq atrofida bo‘ladi.
Manba:daryo.uz


Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 3455 | Рейтинг: 0| Рейтинг: qor yog'adi, qor
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 12:09
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное