Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

O‘zbekistonda havo birdan isishi kutilyapti

O‘zbekistonda joriy haftada havo birdan isishi kutilmoqda. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi. 

Bugun, 12 dekabr kuni O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Buxoro, Navoiy,  Samarqand viloyatlarining ba’zi joylarida biroz qor yog‘ishi mumkin. Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Kunduzi havo 0-3 daraja iliqgacha isiydi, faqat ba’zi joylarda biroz manfiy harorat saqlanib turadi. 

Ertangi kundan boshlab antitsiklon ta’siri asta-sekin kuchsizlashadi. Sovuq havo massasi nisbatan iliq havo bilan o‘rn almashadi. Havo harorati asta-sekin ko‘tariladi va ish haftasining oxiriga kelib kechalari sovuq 0 darajagacha kuchsizlashadi, kunduz kunlari esa havo 7-10 daraja iliqgacha, ba’zi joylarda 14 daraja iliqgacha isiydi. Bu haroratning o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlariga yaqindir. 

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushishi kutilmoqda. 

12-14 dekabrda respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 1311 | Рейтинг: 0| Рейтинг: O‘zbekiston, birdan, isishi, havo, kutilyapti
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 04:21
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное