Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

O‘zbekistonga Rossiyadan yana sovuq havo kirib keladi
Joriy yilning 6-7 fevral kunlari  O‘zbekiston hududi iliq havo massasi ta’siri ostida bo‘ladi. Bu haqda “O‘zgidromet” xabar berdi.

O‘zbekiston hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 6 fevralda respublika janubida, 7 fevralda Farg‘ona vodiysi viloyatlarida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati 6 fevralda 7-12 daraja iliq, 7 fevralda 10-15 daraja iliq, ba’zi joylarda 18 daraja issiqqacha bo‘ladi. 

Qayd etilishicha, 8 fevralda O‘zbekiston hududiga O‘rta Yer dengizi hududlaridan nam havo kirib kelishi kutilmoqda. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Havo harorati kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq atrofida, ba’zi joylarda 17-20 daraja iliqqacha bo‘ladi. 9-10 fevralda O‘zbekiston hududiga markazi Rossiyaning Yevropa qismi ustida shakllangan sovuq antitsiklon qismi kirib keladi.

Respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanadi) bo‘ladi. Tog‘oldi va tog‘li hududlarda kuchli yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin.

Shuningdek, havo harorati pasayadi. 9 fevralda respublika hududining katta qismida kechasi va kunduzi 4-9 daraja iliq, 10 fevralda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq bo‘ladi. Respublika shimolida harorat kechasi 7-12 daraja sovuqqacha, Ustyurtda 15 daraja sovuqqacha, kunduzi 2-7 daraja sovuqqacha pasayadi.

7-9 fevral kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.


Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 2504 | Рейтинг: 0| Рейтинг: havo, keladi, Yana, O‘zbekiston, Rossiya, kirib, sovuq
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 09:25
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное