Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Ko'ngil bog'i-soundtreck [feat Girl]
. Mohim - Oq Ro'molim (OST Meni Kechir)
. Qish Sanatasi-Soundtreck2
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck 2
. TisMarHan-soundtreck
. Vorislar - Loves Moment (serial korea)
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Sensizlik
. Zoirbek - Katta Odam (SOUNDTRACK)
. Yoz Ifori - Soundtreck
. So'nmas Sevgi - I Love You [soundtreck]
. Yoz ifori-Piano [soundtreck]
. Ko'sem - Serial fon (Turk serial)
. Soundtreck-Великолепный Век
. Sa Rasta Rastare-soundtreck (Indea)
. Pazanda - The Sound of Love
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

O‘zbekistondagi kollej va texnikumlarga hujjatlarni qabul qilish muddati 20-oktabrgacha uzaytirildi

O‘zbekistondagi kollej va texnikumlarda o‘qish istagini bildirgan abituriyentlardan hujjatlarni qabul qilish muddati uzaytirildi. Bu haqda Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi xabar berdi.

Vazirlik tomonidan ma’lum qilinishicha, ko‘p sonli ota-onalar, yoshlar, xususan joriy yilda OTMlarga o‘qishga kirish uchun yetarli ball to‘play olmagan abituriyentlarning kollej va texnikumlarda ta’lim olish imkoniyatini yaratish maqsadida abituriyentlar hujjatlarini onlayn qabul qilish muddati 2020-yil 20-oktabrga (20-oktabr kuni ham) qadar uzaytirildi.
Abituriyentlarning hujjatlarini qabul qilish onlayn tarzda kollejlarga www.kollej.edu.uz va texnikumlarga www.texnikum.edu.uz elektron platformalari orqali amalga oshiriladi.
Kollej va texnikumlarga elektron platforma orqali quyidagi hujjatlar qabul qilinadi:
Elektron ariza;
Pasport (elektron) nusxasi;
Umumta’lim maktabining 11-sinfni tugatganligini tasdiqlovchi attestat (elektron) nusxasi yoki o‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasasini tamomlaganligi to‘g‘risidagi diplom (elektron) nusxasi;
3x4 fotosurat.
Vazirlik xabarida aytilishicha, hujjatlarni qabul qilish muddatining uzaytirilishi yuridik texnikumlarga taalluqli emas.
Eslatib o‘tamiz, texnikumlarga hujjatlarni qabul qilish boshlangani haqida Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi avgust oyining oxirida ma’lum qilgandi. O‘zbekistondagi kollejlarga qabul kvotalari esa sentabr oyining boshida tasdiqlangandi.


Manba:daryo.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 3768 | Рейтинг: 0| Рейтинг: kollej, qabul, Texnikum
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 08:33
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное