Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Yuridik kollejda o‘ldirilgan bolaning suratlari tarqalmoqda...


6 oktabr kuni Toshkent yuridik kollejida sodir bo‘lgan zo‘ravonlik bir oila farzandining o‘limi bilan tugadi.

Kollej oshxonasida yuz bergan baxtsiz fojia natijasida o‘quvchilardan biri tengdoshiga pichoq urdi.

Natijada o‘quvchilardan biri shifoxonada vafot etgan bo‘lsa, ikkinchisi og‘ir jarohat olgan.

Shu o‘rinda bir hapqli savol tug‘iladi...

Kollej hududiga pichoq olib yurish darajasigacha yetib borgan o‘quvchilar, uni birovga sanchish darajasiga bir kunda borib qolmagandir..?

Bu, kollejdagi tartibsizlik va o‘zboshimchalik o‘zining cho‘qqisiga borib yetganidan darak beradi. “Borovskiy”da o‘quvchilar kollej hududida urishishdi, mushtlashishdi, natijada bir o‘spirin hayotdan erta ko‘z yumdi. Yuridik kollejda esa pichoqlashdi...

Barchasiga ta’lim muassasasida yaratilgan “muhit”, “sharoit” sabab bo‘lmadimikan?

Kechaning o‘zida, 6 oktabr kuni soat 10:05da, Toshkent yuridik kolleji hududida 3-bosqich o‘quvchilari – 2000 yilda tug‘ilgan Saidkamron Saidvohidov, Asadbek Parpiboyev hamda Rahmatilla Yorqoriev o‘rtalarida kelib chiqqan kelishmovchilik oqibatida halokat sodir bo‘lgani haqida ma’lum qilgan edik.

Ularning suratlari jamoatchilikka ma’lum emas edi, bugun, 7 oktabr Asadbek Parpiboyevning suratlari ijtimoiy tarmoqlarda tarqatildi.

Suratlar tarqalib ulgurmasdan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni, Adliya, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining mas’ul rahbar xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda Toshkent yuridik kolleji direktori Natalya Temirova ishdan olindi.

Ma’lumot uchun, Asabdek Parpiboyev “chap son yuqori uchligiga sanchilib kesilgan jarohati, faol qon ketishi” tashhisi bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bolalar bo‘limiga yotqizilgan va olgan tan jarohati oqibatida shifoxonada vafot etgan edi.

Zohirshoh Jo‘raev



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 8577 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Bola, Yuridik, kollej, suratlari tarqalmoqda, o‘ldirilgan
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 10:02
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное