Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » KINO YANGILIKLARI

O‘zbekistonlik bloger qiz koronavirusga tahlil topshirdi

O‘zbekistonda leo_17 taxallusi bilan tanilgan taniqli Instagram blogeri Shahzoda Salimjonova koronavirusga tahlil topshirdi, deb xabar bermoqda Repost.

Qayd etilishicha, u mart oyining boshlarida Yevropaga sayohat qilgan. Uyiga qaytganidan so‘ng va 16-mart kuni O‘zbekistonda birinchi marta koronavirus infeksiyasi aniqlanganidan keyin Shahzoda o‘zida koronavirus bor-yo‘qligini aniqlash uchun ixtiyoriy ravishda Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markaziga murojaat qilib, tahlil topshirgan.
“Soat kunduzgi 3 edi. Markazda odam gavjum edi. So‘rovnoma o‘tkazishdi. Qayerga borganim, kim bilan aloqada bo‘lganimni so‘rashdi. Burnimdan surtma olishdi. Shu xolos. Mana, oradan bir kundan ortiq vaqt o‘tgan bo‘lsa ham, haligacha javobini olmadim. Barcha qo‘ng‘iroqlarimga esa ‘biror narsa bo‘lsa o‘zimiz bog‘lanamiz’,  deya javob berishdi. Tushunmadim, meni hech kim majbur qilmagandi. Do‘stlarim bunga oddiy munosabatda bo‘lishdi. Uyda esa onam hatto, bundan ajablandi va tahlil topshirishni kim talab qilganini so‘radi. Men buni normal holat deb hisoblayman. Ota-onam o‘zi tibbiyot xodimlari va shu sababli buni ijobiy qabul qilishdi”, — degan Shahzoda Salimjonova.
Dunyo bo‘yicha esa koronavirusga chalinganlar soni 198 mingdan oshdi. Koronavirus AQShning barcha shtatlarida aniqlandi. Yevropada koronavirus qayd etilmagan birorta davlat qolmadi.


Manba:daryo.uz
Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 5607 | Рейтинг: 1| Рейтинг: leo_17, bloger qiz, Koronavirus, o‘zbekistonlik
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 14:00
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное