Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DOLZARB MAVZU

O‘zbekistonlik xonandaning klipi xalqaro ELLO kanali efirida paydo bo‘ldi

Yosh ijodkor Kamillaning "Illyuziya" deb nomlangan taronasiga ishlangan videoklip Youtubedagi mashxur kanalning efiridan joy oldi.
Bu xaqda Kamillaning o‘zi Facebookdagi sahifasida xabar berdi.
Shu kunlarda MY5 telekanalida o‘zbek tilidagi “Meni sevmaganday” qo‘shig‘i uchun ishlangan klipni kuzatish imkoni bor.
27 dekabr kuni esa ushbu 3D formatidagi to‘liq animasion klipning rus tilidagi nusxasining ilk namoyishi xalqaro ELLO kanalida bo‘lib o‘tdi.
Avval xabar berilganidek klip «Pomidor entertainment» prodyusserlik markazi tomonidan tayyorlangan. Klipni tayyorlash jarayoni 3 oy davom etgan.
Klipdagi bosh qaxramon Kamillaning o‘zidan chizib olingan.
Kamilla - yosh, iste’dodli xonanda. Ijodini 4 yoshidan Toshkentdagi "Alladin" estrada guruhidagi ilk chiqishlaridan boshlagan. 2009 yil fortepiano yo‘nalishi bo‘yicha musiqiy maktabni a’lo baholar bilan tamomlab, Estrada va Sirk kollejining "Estrada vokali" fakultetiga o‘qishga kirgan. 2012 yil esa O‘zbekiston san’at va madaniyat institutining talabasi bo‘lgan. 2015 yil "Pomidor entertainment" prodyuserlik markazi bilan shartnoma imzolab, bugungi kunda "Kamilla" taxallusi ostida ijod qilmoqda.
ELLO – dunyodagi 50ta eng mashxur Youtube kanallaridan biri. Ushbu kanal jaxon estradasining yorqin yulduzlarining sifatli kliplarini tomosha qilishga imkon beradi.

P.S. Ushbu video klipni hali ko'rib ulgurmaganlar bizning saytimiz orqali video klipni yuklab olishlari mumkin.

VIDEO KLIPNI KO'RISH, KO'CHIRISH


Manba:kun.uz
Категория: DOLZARB MAVZU
Просмотров: 8282 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Xalqaro, ELLO kanali, O‘zbekistonlik xonanda
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 05:09
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное