Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

O‘zbekiston xalqaro ochlik reytingida 21-o‘rinni egalladi

Global Hunger Index 2021-yil uchun xalqaro miqyosdagi ochlik indeksini e’lon qildi. Reytingda O‘zbekiston 21-o‘rinni qayd etdi.

Ma’lum qilinishicha, 2021-yilgi reyting 135 ta mamlakat ma’lumotlari asosida tuzilgan. Ularning 116 tasida reytingga kirish uchun talab qilinadigan ko‘rsatkichlar yetarli bo‘lgan. 19 mamlakat ma’lumotlar kamligi uchun reytingga kiritilmagan. Shuningdek, ba’zi yuqori daromadga ega davlatlar ham ro‘yxatda mavjud emas.

Indeks har bir mamlakat uchun to‘rtta ko‘rsatkichni jamlash orqali aniqlanadi:

  • to‘yib ovqatlanmaydigan aholi ulushi;
  • besh yoshgacha bo‘lgan vazni me’yordan past bolalar ulushi;
  • besh yoshgacha bo‘lgan bo‘yi me’yordan past bolalar ulushi;
  • besh yoshgacha bo‘lgan bolalarning o‘lim darajasi.

Ochlik darajasi 100 balli shkalada o‘lchanadi. Bunda 0 — eng yaxshi natija (ochlikning yo‘qligi), 100 esa — eng yomon.

Reytingda Belarus yetakchilik qilgan. Kuchli beshlikdan Bosniya va Gersegovina, Braziliya, Chili va Xitoy o‘rin olgan. Ularning barchasida ochlik darajasi 5 balldan kam. O‘zbekiston esa eng yaxshi deb topilgan 48 mamlakat ichida 5,9 ball bilan 21-o‘rinda qayd etilgan.

Reytingning eng pastki o‘rnida 50,8 ball bilan Somali ko‘rsatilgan va yagona qizil hudud sifatida belgilangan. Ro‘yxatning quyi qismida, shuningdek, Suriya, Janubiy Sudan, Komor orollari, Yaman kabi davlatlar joylashgan.

Ro‘yxatning yuqori 50 ta mamlakatlari ichida O‘zbekiston va Belarusdan tashqari, MDH davlatlari orasidan Rossiya (6,2 ball — 25-o‘rin), Qozog‘iston (6,4 ball — 28-o‘rin), Ukraina (6,8 ball — 29-o‘rin), Armaniston (7,2 ball — 32-o‘rin), Ozarbayjon (7,5 ball — 33-o‘rin), Qirg‘iziston (8,6 ball — 40-o‘rin) va Turkmaniston (9,7 ball — 48-o‘rin) va Moldova (ball noma’lum — 49-o‘rin) joy olgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston 2020-yilgi reytingda eng yaxshi deb topilgan 47 mamlakat qatorida 6,7 ball bilan 30-o‘rinda qayd etilgan. 2019-yilda ushbu reytingda O‘zbekiston 10,7 ball bilan 48-o‘rinda ko‘rsatib o‘tilgan.

2021-yilda O‘zbekistondagi ochlik darajasi 2000-yilga nisbatan sezilarli darajada kamaygan. Taqqoslash uchun:

  • 2000-yil — 24,4;
  • 2006-yil — 16,9;
  • 2012-yil — 12,7;
  • 2020-yil — 6,7;
  • 2021-yil — 5,9.


Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 1558 | Рейтинг: 0| Рейтинг: egalladi, reytingida, Xalqaro, 21-o‘rinni, ochlik, O‘zbekiston
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 14:21
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное