Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

"O‘zbeknavo" odobsizlar qolib tarbiyalilarni qayta tarbiyaladi

Biroz avval “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi tomonidan san’atkorlar uchun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida malaka oshirish kurslari tashkil etilgani haqida xabar bergan edik. Bor yo‘g‘i bir haftalik o‘quv kurslari o‘z nihoyasiga yetib, o‘quvchi-xonandalar Farrux Ahmedov, Umar Shamsiev, Tohir Usmonov, Husan, Mustafo, Botir Yaminov, Yagona, Amira Alibekova, Ruhshona kabi bir qator xonandalarga maxsus sertifikat topshirildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vaziri o‘rinbosari-“O‘zbeknavo” estrada birlashmasi Bosh direktori Farhod Jo‘raev, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti prorektori Go‘zal Holiqulova va boshqa institut professor-o‘qituvchilari ishtirok etdilar. O‘zlashtirish bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatgichlarni qo‘lga kiritgan estrada xonandalariga alohida sovg‘alar topshirildi, deb xabar bermoqda “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi vakillari.

Yoshlar tomonidan san’atkorlarga taqlid tobora kuchayib borayotgan bir davrda, xonandalarning ma’naviyatini yuksaltirishga e’tibor qaratilgani yaxshi, albatta. Biroq “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi tarbiyali, odob-axloqi bilan boshqalarga o‘rnak bo‘la olgan san’atkorlarni emas, har ikki oyning birida ogohlantirish olib, internet tarmoqlarida fotosuratlari va videolavhalari tarqalayotgan, lisenziyasidan ayrilayotgan, bora-bora xalqni oyoq uchida ko‘rsatayotgan ayrim “yulduz”larni ham o‘quv kurslariga jalb qilsa, kerak bo‘lsa, qayta tarbiyalasa maqsadga muvofiq bo‘lardi. 


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 4609 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 1| Рейтинг: O‘zbeknavo
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
guli7077 hmmm
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 18:33
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное