Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » FIKR MULOXAZA

OAV: 5-sinf o‘quvchisini “pora” berishga nima undadi?

O‘zbekistonning chekka tumanlaridan birida yashaydigan 5-sinf o‘quvchisi jurnallardan biriga o‘z she’rlarini bir necha marotaba yuborib, ularning chop etilishiga erisha olmagan. Shundan so‘ng bola bu ishni “pora” bilan “bitirish”ga qaror qilib, bu safar she’rlariga pul ham qo‘shib yuborgan. Bu voqeaga bag‘ishlangan tahliliy material “Oila davrasida” gazetasida chop etildi.
“Tunov kuni tahririyatga kelgan xatlardan birini ochsam, ichidan uch-to‘rt buklangan daftar varag‘iga yozilgan she’r chiqdi, — deb hikoya qilinadi materialda nomi keltirilmagan jurnalist tilidan. — Varaq qatini ochayotsam, orasida to‘rtta ikki yuz so‘mlik va bitta yag‘iri chiqib ketgan besh yuz so‘mlik turibdi. Hayron bo‘lib, shoshib qoldim. Dastavval, xatga qo‘shilib kelib qolibdi-da, deya o‘yladim. Keyin she’r ustiga aji-buji bitilgan maktubni o‘qiy boshladim: “Hurmatli jurnal xodimlari! — deya boshlanibdi maktub. — Men falon tumandanman. Beshinchi sinfda o‘qiyman. Sizlarga uch marta she’r yubordim, lekin chiqmadi. Bu safar ozroq pul ham qo‘shib jo‘natyapman. Xarajati bo‘lsa deb...”
Xatni shu yerigacha o‘qib, peshonamdan ter chiqib ketdi”.
Maqola muallifi Jasur Kengboyev 5-sinf bolasi nega bunday “poraxo‘rlik”ka qo‘l urganini aniqlashga tirishadi.
“Bu qanaqasi, axir? Kattalar-ku, mayli, hali suyagi qotmagan, murg‘ak bolalar ishni bitirish uchun «xarajat» bo‘lishini qaerdan biladi? Hamma joyda odamlar tama qiladi, degan o‘y ularning miyasiga qanday qilib singib boryapti? Ularga buni kim o‘rgatadi? Mishiqiligidan pora berishga o‘rganayotgan bu go‘daklar ertaga kim bo‘ladi? Bunday bolalar qanday oilada katta bo‘lyapti?”, - deydi jurnalist.
Muallif turli muassasalarda o‘z vazifasini bajarayotgan xodimlarga “xizmat haqi” berishga o‘rganib qolgan odamlarni ham, bu “haq”ni olishga o‘rganib qolgan xodimlarni ham tanqid ostiga oladi.
“Ko‘z oldingizga keltiring: tekin xizmat ko‘rsatiladigan joyda ishingiz bitganidan so‘ng rahmat ayta-ayta, xonadan chiqishdan avval sizning ishingizni bajargan odamning ko‘zlariga qaraysiz. U hech nima tama qilmasa-da, o‘zingizni o‘ng‘aysiz sezasiz. Xuddi aybdordek his qilasiz, - deb yozadi Kengboyev. - Nega shunday? Qo‘lini quruq qo‘y¬ging¬iz kelmaydimi? U-chi? Nega uning ham ko‘zlarida sizdan umidvorlik uchqunlari ko‘rinadi? Indamay chiqib ketsangiz, ozgina zarda qilganday tuyuladi?”.
Hozir bog‘chada tarbiyalanayotgan yoki maktabda o‘qiyotgan bolasining ustoziga ozgina qistirib, bayramlarda yaxshigina sovg‘a berishni odat qilayotgan ota-onalar ham ko‘payib bormoqda. Shunday qilinsa, ustozi farzandiga boshqalarga qaraganda ko‘proq e’tibor qaratib, uning tarbiyasiga mo‘lroq vaqt ajratarmish. Shifoxonalarda ham ahvol deyarli shundayligini hammamiz bilamiz. «Muomala»ngiz muhim rol o‘ynasa, bemori yotgan xonadon egalari do‘xtirlarga, hamshiralarga nimadir ilinsa, kasalga yaxshi qarashsa.
Material so‘nggida jurnalist ushbu dolzarb masala yuzasidan o‘z xulosalarini beradi.


Manba:kun.uz
Категория: FIKR MULOXAZA
Просмотров: 4438 | Рейтинг: 0| Рейтинг: o‘quvchi, OAV, berish, nima undadi, pora, 5-sinf
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 21:39
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное