Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Buxoroda talabalardan 660 ming so‘m yig‘ib olgan domla qo‘lga olindi

Buxoro muhandislik texnologiyalari institutining kimyoviy texnologiyalar fakultetida assistent lavozimida ishlab kelayotgan Ismat Davlatov pora ustida qo‘lga olindi. Bu haqda “Huquq” gazetasi xabar berdi.
Aytilishicha, kafedra o‘qituvchisi U. Bekov unga jurnallarni to‘ldirib, ballarni hisoblab chiqishni topshirgan. Bundan foydalanib qolishni istagan assistent guruh sardori Alisher Qodirovni chaqirib, ballari yetmayotgan talabalar unga murojaat qilib, ma’lum haq evaziga yuqoriroq baho olishlari mumkinligini aytgan.
Butun guruhdan jami 660 ming so‘m pul to‘plangan. Davlatov shogirdi, tayyorlov kursi o‘quvchisi Jonibek Abdukarimovga Qodirovning qo‘lidagi pullarni olib kelishni topshirgan. Lekin u huquq-tartibot xodimlari qo‘liga tushgan va so‘roq davomida o‘z “buyurtmachi”sini fosh qilgan.


Manba:kun.uz
Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 6942 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 1| Рейтинг: pora, muhandis, talabalar, Buxoro
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
Dilso'z пишет: | 20.09.2015 | 08:58 #1 Страница с комментарием
omina1710 Yaxshi bo'ptida poraxorga xudo insof berguncha o'tirsin >(
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 04:57
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное