Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Mirobodda kollej o‘qituvchisi o‘quvchilardan pora olganlikda ayblandi

Toshkent shahrining Mirobod tumanida joylashgan kollejlardan birida dars beruvchi informatika o‘qituvchisi o‘quvchilardan pora olganlikda ayblanmoqda. Bu haqda “Ogoh” gazetasi yozmoqda.
1985 yili Toshkent viloyatida tug‘ilgan Mardon Mahamatqulov 2013 yil sentyabridan ishga qabul qilinib, informatika fanidan dars o‘tib kelgan. Birinchi yil hech kim uning ustidan arz qilmagan, keyingi o‘quv yilidan esa u o‘quvchilardan pul tama qila boshlagan.
Jumladan, u shu yerda tahsil olayotgan o‘quvchilar D. Pavlov, V. Tim, A. Erjigitov, T. Qulmatov va D. Xalmatovlarning joriy baholari qoniqarsiz ekanligini aytib, ularga moddiy haq evaziga qoniqarsiz baholarni qoniqarli va yaxshi baholarga o‘zgartirib, yakuniy bahosini qo‘yib berishini aytgan. Bir necha kundan so‘ng u kollej tashqarisida D. Pavlovdan 50 ming, V. Timdan 30 ming, A. Erjigitov va T. Qulmatovdan 40 mingdan, D. Xalmatovdan 60 ming so‘m pora olgan. So‘ng o‘quv mashg‘ulotlari jurnalida ularning baholarini o‘zgartirib qo‘ygan.
Pora bergan o‘quvchilar o‘zaro kelishib, bu haqda guruh rahbari Anvar Bahromovga xabar berishdi. Natijada Mahamatqulovning ishlari oshkor bo‘lib, u kollejdan haydalibgina qolmay, balki jinoiy javobgarlikka ham tortildi.


Manba:kun.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 4484 | Комментарии: 4 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Shahar, o'quvchi, O'qituvchi, Toshkent, Mirobod tumani, pora
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 4
Behruz xozirgi kunda xammayoda wu ku institut univsitet dawi maktablarda bor pora oliw man ozim guvoxman
Like | 0
BaBy_DiNoOo Korrupciya 8oI
Like | 0
NaTaLi Voybu
Like | 0
NuR_KR Bunday voqealar judayam kopku H
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 00:06
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное