Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » INTERNET TARMOG'I

“Odnoklassniki” ijtimoiy tarmog‘i yangi sozlanmani taqdim etdi

“Odnoklassniki” o‘z foydalanuvchilariga beadab so‘zlarni berkitish uchun maxsus sozlamani taqdim etdi. Sozlama guruhlar uchun emas, balki aynan foydalanuvchilar uchun ishlab chiqilgan.
Ko‘pchilik foydalanuvchilar kuzatganidek, “Odnoklassniki”da joylashtirilgan videolar ostida faol sharhlar qoldirilmoqda. Biroq barcha foydalanuvchilar ham o‘z fikrlarini va hissiyotlarini chiroyli va beadab so‘zlarsiz ifoda eta olmaydilar.
Mana shunday holatlar uchun ijimoiy tarmoq tomonidan maxsus sozlama ishlab chiqildi. Bu sozlama videoga qoldirilgan sharhlarda ishlatilgan beadab so‘zlarni “*” belgilari bilan almashtiradi. Sozlama “Videoga qoldirilgan sharhlarda beadab so‘zlarni filtrlashni yoqish” deb nomlanadi. Bu sozlamani profilning “OShKORALIK” parametrida topishingiz mumkin.
Bu sozlama yoqilganidan so‘ng sharhlarda topilgan barcha beadab so‘zlar “*” belgisiga almashtiriladi.
“Odnoklassniki” sozlamani yanada rivojlantirish va yaxshilash ustida ishni davom ettirmoqda. Boshqa yangilanishlar to‘g‘risida “Odnoklassniki” blogida xabardor bo‘lishingiz mumkin.
Shuni unutmang-ki, lisenziya shartnomasining 7.4.8 bandiga muvofiq, beadab so‘zlarni ishlatgan holda xabar qoldirish taqiqlanadi.
“OK”ning jamoat joylarida beadab so‘zlarni ishlatish ijtimoiy tarmoqdagi profilning to‘xtatilishiga sabab bo‘ladi.


Manba:kun.uz
Категория: INTERNET TARMOG'I
Просмотров: 8691 | Рейтинг: 1| Рейтинг: odnoklassniki
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 19:52
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное