Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » TEXNOLOGIYA

Odnoklassniki yana yangi xizmatni ishga tushirdi





Odnoklassniki ijtimoiy tarmog‘i OAV muharirlariga chop etadigan yangiliklarida foydalanish uchun ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilariningkontentini qidirish imkonini beruvchi “OK Live OAVlar uchun” xizmatini ishga tushirdi. Yangi xizmat nafaqat Rossiya, balki butun dunyo bo‘ylab ishga tushdi. Bu haqda Odnoklassniki ijtimoiy tarmog‘i Matbuot xizmati xabar bermoqda.
 
Xizmat ijtimoiy tizimning veb-sayt ko‘rinishida ishlaydi. U dunyoning interaktiv xaritasi, foydalanuvchilarning va guruhlarning ommabop onlayn-videolari, yozuvlar arxivi, kalit so‘zlar, videoning nomi, geografik koordinatalar bo‘yicha qidiruvdan iborat. Bu jurnalistlarga tezlik bilan voqea sodir bo‘lgan yerdan noyob kontentga ega bo‘lish imkoniyatini yaratadi.
 
Xizmat ishga tushirilganining sababi foydalanuvchilar tomonidan olinayotgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirlar sonining oshishi va shunga o‘xshash jonli video uzatish xizmatlaridan farqli o‘laroq qo‘rsatilgan videoni saqlash va jonli translyatsiyadan so‘ng qayta ko‘rsatish imkoniyatni yaratishdir. “OK Live” ilovasida olingan video xoh ijtimoiy tizimda, xoh saytda namoyish qilinishi mumkin. “Embed” video to‘g‘ridan-to‘g‘ri dastlabki manbaga – videoning muallifi va joylashtirilgan yerga havola beradi.
 
Anastasiya Jbanova, Odnoklassniki loyihasining Matbuot xizmati rahbari:
 
— OK foydalanuvchilari uchun translyatsiyaning asosiy ssenariylaridan biri – bu voqealik joyida bevosita bo‘lish. Bunday videolar tezlik bilan “virusli” videoga aylanib tezda OKning ommobop videolar qatoridan joy oladi. Bizning fikrimizcha, bunday kontent o‘zining tezkorligi va voqealikni ob’ektiv tarzda ko‘rsatishi bilan qimmatli.
 


Категория: TEXNOLOGIYA
Просмотров: 5533 | Рейтинг: 1| Рейтинг: odnoklassniki
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 06:55
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное