Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » TEXNOLOGIYA

Instagram "Odnoklassniki" ijtimoiy tarmog‘i bilan uyg‘unlashtirildi

16 fevralda "Odnoklassniki" ijtimoiy tarmog‘ida Instagram ijtimoiy tarmog‘idagi akkauntlardan tasvirlarni chop etish imkoniyati paydo bo‘ldi. 
Instagram foydalanuvchilari endi o‘zlarining suratlari va videolarini bir vaqtda ham instagramdagi sahifalarida, ham "Odnoklassniki" ijtimoiy tarmog‘idagi sahifalarida chop etish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Instagram’ning "OK" bilan uyg‘unlashgan dasturini Appstore’dan yuklab olish mumkin, u tez orada Google Play Market’da ham paydo bo‘ladi.
Avvalroq Instagram foydalanuvchilariga o‘z akkauntlaridagi suratlarni Facebook, Twitter, Flickr, Tumblr va Swarm ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalarida chop etish yoki elektron pochta orqali yuborish imkoni taklif qilingandi.
"Yangi opsiya Instagram’da joylashtirilgan suratlarning qamrab olinishini oshirishga imkon beradi. O‘z navbatida, ijtimoiy tarmog‘imiz auditoriyasi foto va videokontentning yangi klasteriga kira oladi", deb aytdi "Odnoklassniki"ni rivojlantirish menejeri Semen Boyarskiy.
2015 yil sentyabri oxiriga ko‘ra, Instagram’da 400 mln dan ko‘proq foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tgan.
"Odnoklassniki" loyihasi ko‘ngilochar ijtimoiy tarmoq bo‘lib, 2016 yil yanvar holatiga ko‘ra uning auditoriyasi 51 mln kishini tashkil qilgan. Bu ijtimoiy tarmoq Rossiyadagi eng ommaviy hamda tashrif buyurish bo‘yicha dunyodagi 4-raqamli ijtimoiy tarmoq hisoblanadi. Ijtimoiy tarmoqda video, musiqa, o‘yinlar taqdim qilingan. Ijtimoiy tarmoqda 1 mln dan ko‘proq guruh qayd qilingan.


Manba:kun.uz
Категория: TEXNOLOGIYA
Просмотров: 3102 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Instagram, odnoklassniki
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
Baxti1109 xa kerakli malumot. zo'r yanglik
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 01:50
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное