Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » TEXNOLOGIYA

“Odnoklassniki.ru” orqali tanishuv bir insonning o‘limi bilan yakunlandi

Navoiy viloyat prokurorining katta yordamchisi bergan ma’lumotga ko‘ra, muqaddam ikki marta sudlanib, jazoga tortilgan fuqaro vaqtini internet-klubda o‘tkaza boshlaydi, deb xabar beradi “Huquq” gazetasi.
Ko‘p o‘tmay, u “Odnoklassniki.ru” sayti orqali Zarafshon shahrida istiqomat qiluvchi ayol bilan tanishib, ozroq vaqt shu zaylda suhbatlashadi. Keyinroq yangi tanishi uni uyiga taklif qiladi. Ziyofatda xonadon sohibasining tanishi ham nikohsiz turmush o‘rtog‘i bilan qatnashadi.
Hazil-huzul bilan boshlangan o‘tirish mehmonlardan birining nikohsiz xotinini ikkinchi mehmondan rashk qilishi natijasida yuzaga kelgan janjal bilan tugadi. Janjal vaqtida internet orqali tanishuv asosida mehmonga kelgan fuqaro qo‘lidagi bo‘sh aroq shishasi bilan “raqibi”ning boshiga tushirdi. So‘ng, yog‘och dastali oshxona pichog‘i bilan uning ko‘kragi va tanasining boshqa joylariga bir necha marotaba urdi. Natijada nikohsiz er voqea joyida vafot etdi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy viloyat sudining hukmi bilan sudlanuvchi 19 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.


Категория: TEXNOLOGIYA
Просмотров: 10451 | Комментарии: 3 | Рейтинг: 1| Рейтинг: o'lim, odnoklassniki.ru, tanishuv
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 3
INFINITI Insonlar baxtni instagram, OK.ru umuman olganda internetdan axtariwni bas qilaylik.
Like | 0
muxammad1997 Bu ham kam!!!
Like | 0
5558180 Hammasiga ichkilikbozlik sababchi, odamni yo'ldan chiqaradi bu spirtli ichimlikla.
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 15:20
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное