Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SPORT YANGILIKLARI

OFK “Bunyodkor” haq ekanligini tasdiqladi

Qatarning "Al-Jaish” klubi Osiyo Futbol Konfederatsiyasiga rasmiy shikoyat yozib, "Bunyodkor” FKni OChL-2014 musobaqalaridan chetlatishni so‘ragandi.

Gap shundaki, qatarliklar saralash bahslarida "Lokomotiv” safida to‘p tepgan himoyachi Anvar G‘ofurovni turnirning guruh bosqichida "Bunyodkor” jamoasi uchun o‘ynayotganini xato deb ko‘rsatishdi. Aynan shu masala yuzasidan bugun OFKning tartib-intizom qo‘mitasi yig‘ilish o‘tkazdi. Unda "Al-Jaish” e’tirozi o‘rinsiz deb topildi va "Bunyodkor” musobaqani davom ettirishi ma’lum qilindi, deya xabar bermoqda Bunyodkor futbol klubi rasmiy sayti.

OFKning "Bunyodkor” FKga yuborgan rasmiy xatida vaziyatga quyidagicha izoh berdi:

- "Bunyodkor” FK Osiyo Chempionlar ligasida muntazam ravishda ishtirok etibgina qolmasdan, musobaqaning guruh bosqichini muntazam ravishda muvaffaqiyatli bosib o‘tayotgan yagona klub hisoblanadi. Qit’amizning yetakchi klubi bu safar ham o‘z an’anasini davom ettirib, nimchorak finalga yo‘llanma oldi.

Osiyo Futbol Konfederatsiyasining tartib-intizom qo‘mitasi o‘z majburiyatiga ko‘ra "Al-Jaish” e’tirozini ko‘rib chiqdi. Yig‘ilishda ma’lum bo‘lishicha, "Bunyodkor” futbol klubi Osiyo Chempionlar ligasi reglamentining 35-E punktiga to‘la amal qilgan holda, musobaqa uchun hech qanday muammosiz ro‘yxat topshirgan. Futbolchi Anvar G‘ofurov bir vaqtning o‘zida ikkita jamoada ro‘yxatdan o‘tmaganligi aniqlandi va "Al-Jaish”ning e’tirozi o‘rinsiz deb topildi.

"Bunyodkor” 1/8 final doirasidagi ilk uchrashuvini o‘z maydonida Saudiya Arabistonining "Al-Hilol” klubiga qarshi o‘tkazadi. Jamoaning navbatdagi o‘yinlarida omad va zafarlar tilaymiz"

Qayd etish kerakki, "Bunyodkor” futbol klubi qit’amizning klublar o‘rtasidagi eng nufuzli turniri – Osiyo Chempionlar ligasida yettinchi bor ishtirok etmoqda. Klubimizda o‘z ishining ustalari bo‘lgan tajribali mutaxassislar faoliyat yuritishmoqda. "Bunyodkor” FK tomonidan olib boriladigan har bir ish belgilangan tartib qoidalarga asoslangan holda yuritiladi.



Категория: SPORT YANGILIKLARI
Просмотров: 3545 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Bunyodkor
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
ilyosjon бунёткорга олга биз ютамиз
Like | 0
ximik06 bunyodkorga omad.
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 17:40
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное