Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SPORT YANGILIKLARI

“Lokomotiv” o‘yinda “Paxtakor”ni 4:0 hisobida yengdi

Muhtasham “Bunyodkor” stadionida poytaxtning ikki grand klubi – “Paxtakor” hamda “Lokomotiv” jamoalari o‘rtasidagi Superkubok uchrashuvi nihoyasiga yetdi. Unda “temiryo‘lchilar” yirik hisobda g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Uff.uz”.
Uchrashuv teng kurashlar ostida boshlangan edi. Tomonlar navbati bilan hujum ushyutirishgan bo‘lsalar ham, hisob birinchi bo‘limning oxirlariga kelibgina ochildi.
Aniqrog‘i, 37-daqiqada Lutfulla To‘rayev uzoq masofadan darvoza tomonidan kuchli zarba yo‘lladi. Lobanov esa bu zarba oldida butunlay ojiz edi, u to‘pni tomoshabin sifatida kuzatib qoldi…
Ikkinchi bo‘lim ham “Lokomotiv”ning hujumlari bilan boshlandi. Bu esa ko‘p o‘tmay o‘z samarasini berdi. Belgilangan jarima zarbasini Lutfulla To‘rayev ajoyib tarzda jarima maydoniga uzatdi. Bu yerda esa Temurxo‘ja Abduxoliqov himoyachidan chaqqonroq harakat qilib, darvozani ishg‘ol etdi. Temurxo‘ja sobiq jamoasi darvozasiga urgan golini nishonlamaganini ham alohida e’tirof etish joiz.
Ikkinchi gol Vadim Abramov shogirdlarining ruhini ko‘tarib yubordi va tez orada uchinchi golni ham kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Abduxoliqovning zargarona uzatmasidan so‘ng “Loko”ning rossiyalik legioneri Koryan darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib ketdi. Lobanov esa uni qo‘pollik evaziga to‘xtatib qoldi va Ermatov 11 metrlik nuqtani ko‘rsatdi. Penaltini Ruslanning o‘zi ishonchli tarzda golga aylantirdi.
O‘yinning qolgan daqiqalarida “Paxtakor” futbolchilari vaziyatni o‘nglash uchun oldinga tashlanishdi. Bir qator xavfli hujumlar tashkil etilgan bo‘lsada, to‘p bugun “Lokomotiv” darvozasiga kirishni istamadi.
Aksincha, hujumga berilib ketgan Babayan shogirdlarini Marat Bekmayev gol bilan jazoladi va hisobni sharmandali ko‘rinishga olib keldi. Bu vaziyatda Jasur Hasanov chap qanotdan to‘pni bo‘sh qolgan Bikmayevga aniq yetkazib berdi. Marat esa bunday vaziyatda nima qilish kerakligini juda yaxshi biladi. 4:0
Shu tariqa, “Lokomotiv” o‘z tarixida ilk bor mamlakat Superkubogini qo‘lga kiritdi. Jamoa muxlislarini ushbu sovrin bilan muborakbod etamiz!
O‘zbekiston Superkubogi. 
“Paxtakor” – “Lokomotiv” 0:4
Gollar: Lutfulla To‘rayev 37, Temurxo‘ja Abduxoliqov 48, Ruslan Koryan 55 Marat Bikmayev 89
“Paxtakor”: Lobanov, Merzlyakov, Krimets, Oraxovats, Hoshimov, Kozak (Karimov), Maxaradze (s), Andreyev, (Masharipov 58) Iskanderov, Sergeyev, Alimov .
“Lokomotiv”: Ikromov, Mustafoyev, To‘xtaxo‘jayev, Yanichich, Kapadze, (Hasanov) To‘rayev, Mirzayev, Zoteyev, Hasanov (kichik), (Mullajonov 59) T.Abduxoliqov, R.Koryan (M. Bikmayev78).


Категория: SPORT YANGILIKLARI
Просмотров: 2736 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Bunyodkor, Paxtakor
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
NuR_KR Lokomativ endi uyg'ondi. Osiyo Chempionlar ligasida 4 ta jamoamizga omad
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 21:33
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное