Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Saroy Javohiri-Soundtreck3
. Qish Sanatasi-Soundtreck2
. Efir Sirlari - Soundtrack
. Soundtreck-Великолепный Век
. Pazanda - Soundtrack
. Ko'sem - Beautiful (Turk serial)
. Tabib-Sara hi kiyo (soundtreck koreya)
. Oppog'oy Zamonaviy talqinda-Белоснежка.2012 (soundtreck)
. Vorislar - Loves Moment (serial korea)
. Saroy Javohiri-Soundtreck4
. Qirolicha - Soundterck
. Qaqnus - Destiny (korea)
. Ishq Jodusi - Xing Xing wake Up
. Ko'ngil bog'i-soundtreck [feat Girl]
. Ziyoda-Super Qaynona [soundtreck]
Главная » Файлы » SEVGI DUNYOSI

Oilada erkak - shoh, ayol - dono vazir bo‘lishi kerak! Baxt esa… (18+)


Aziz o‘quvchi, avvalroq shartli ravishda “Faqat 18+” deb atalgan rukn orqali bizni isnodga qoldirayotgan ayrim illatlarning tub ildizi qaerda ekanligini tahlil etishga uringan edik.

Keyinroq kuchli jins vakillarining oilaviy, bundan tashqari, ayrim “nozik” masalalarga munosabati haqida mulohazalar, dunyo psixologlarining ayrim ta’kidlarini e’tiboringizga taqdim etdik.

Ma’lum ma’noda xulosa yasashga urinib, illatlarga barham beruvchi — tarbiya, to‘g‘ri tarbiya uchun — oilaviy muhit, mustaqkam oila uchun — baxt kerak, OILAVIY BAXT kerak, dedik...

Xullas, oilaning mustahkamligida er-xotin munosabatlarning barcha qirralari to‘kislikda bo‘lishni talab etadi.

Xo‘sh, buning uchun nimalarga e’tibor berish kerak?

Uyg‘unlik yarating!

Oilaviy hayotdagi yaqinlikda o‘zaro uyg‘unlik (garmoniya) yaratish ham o‘zaro munosabatlar mustahkamligi uchun juda muhim omil. Jinsiy hayoti risoladagidek bo‘lmagan er-xotinlarning o‘zaro munosabatlarida ham allaqanday tushunmovchilik, bir xonadonda yashab, bitta to‘shakda uxlab, qalban uzoq bo‘lish, bir so‘z bilan aytganda, nomutanosiblikdan iborat bo‘lishi tabiiy.

Ko‘pchilik ayollar o‘zlariga oro bermaydilar, tozalik-ozodalik, shaxsiy gigiena talablariga rioya qilmaydilar (bunday kamchiliklar erkaklarda ham yo‘q emas).

Go‘shanga ham nozik tuyg‘ularga hamohang ravishda toza-ozoda bo‘lmasligi mumkin. Bu esa erkaklarga yoqmaydi!

Umuman olganda, nozik tuyg‘ularga bog‘liq barcha unsurlar ham o‘ta nozik... Hatto yorug‘lik-qorong‘ulik, sokinlik-shovqin darajasi ham ahamiyatga ega.

Erkak va ayol o‘rtasidagi hayotiy bog‘liqlik shunchaki jismoniy ehtiyoj, kundalik yumush yoki majburiyat darajasiga tushib qolmasligi lozim. U er va xotinginaga ma’lum, o‘zlari yaratgan “muhabbat olami”, sof tuyg‘ulardan yasalgan “san’at asari” darajasida bo‘lib, har ikkala jinsning tomirlarida uxlab yotgan tuyg‘ularini o‘yg‘otishi, hayotga, ertangi kunga ishonch, quvonch, iroda va kuch bag‘ishlashi lozim.

Nozik hayotiy masalada noturg‘unlik — ko‘proq erkaklarga xos qusur...

Ular jinsiy ehtiyojlar oldida tezda yengilishlari mumkin. Bu ularning tabiatiga xos.

O‘zini “bozorga solib”, qad-qomati-yu husn-malohatini ko‘z-ko‘z qilib, xirom aylab o‘tib ketgan ayolning ortidan bir lahzaga bo‘lsada angrayib qarab qolmaydigan erkaklar kamdan­kam topilsa kerak...

Bunday “qarab qolish”ni hurmat yoki o‘zgacha “e’tirof” boshqarmaydi, ma’lum ma’noda erkaklar tabiatiga singdirilgan tabiiy instinkt boshqaradi. Biroq uni “jilovlash”, avval sha’ma qilinganidek, kishining fahm-farosatiga, ma’naviy qiyofasiga bog‘liq. Agar erkak kishi o‘z ma’naviy qiyofasini yo‘qotsa...

Buning salbiy tomonlari ko‘p, albatta. Erkak yolg‘on, soxta va vaqtinchalik ehtirosli tuyg‘ular ortidan ergashib haqiqiy meh-r­muhabbatni yarim yo‘lda tashlab ketishi hech gap emas.

Eng yomoni, balki fojia — ASL MUHABBATning soxta tuyg‘ular, shahvoniy hirs qarshisida mag‘lub bo‘lishi! Vaqtinchalik ko‘ngilxushliklar, ahloqsiz turmush tarzi erkaklarni giyohvandlik vositalari kabi o‘ziga “jalb etib”, oxir oqibat uning ham ma’naviy dunyosini kemiradi, ham “cho‘ntagini” kasod qilib, o‘zini tom ma’nodagi gadoyga aylantiradi! Eng dahshatlisi, “sayyoh” yurgan erkak — “tayoq”ni ayolidan emas, farzandlarining qo‘lidan yeydi!

Shuning uchun ham ayol mukammal bo‘lishi, erini shoh qilib, o‘zi dono vazirga aylanishi, uning yaxshisini oshirib, yomonini yashirib yashashi lozim.

Ayol ham, erkak ham bir-biri uchun kashf qilingan bo‘lishi bilan birga biroz sirliligini yo‘qotmasligi darkor.

Yodda tuting, “ishg‘ol qilingan” qal’a sarkarda uchun o‘z tarovatini yo‘qotganidek, to‘lig‘icha kashf qilingan ayol yoki erkak qarama-qarshi jins vakiliga nisbatan qiziqishini yo‘qotib qo‘yishi mumkin.

Mehr-muhabbat ham, gina-araz ham, shirin-achchiq gaplar ham o‘z o‘rnida mohirona ishlatilishi lozim. Erkaklar ayollarning mukammal bo‘lishini istaydilar. Ularning dono tashabbuslarini avvaliga inkor etsalarda, biroq birozdan so‘ng uni xuddi o‘zining tashabbusidek qilib ko‘rsatishi va uni qo‘llab-­quvvatlagan holda amalga oshirishi ham mumkin.

Erkaklarning kuchli ekanliklari ham balki shundadir, xuddi ayollarning oqilaliklari ham o‘z munosabatlariga bog‘liq bo‘lganiday.

Erkaklar tunu kun noliydigan, qo‘pol so‘zlar bilan kishini xunob qiladigan ayollarni xush ko‘rmaydilar, garchi o‘zlari xuddi shunday, ba’zida qo‘polso‘z, ba’zida maydagap bo‘lib tursalar­da...

Erkaklar negadir ayollarning joni qirqta ekanligiga ishonishadi. Masalan, er­-xotin bitta tashkilotda, bir xil vazifada (xoh jismoniy, xoh aqliy mehnat faoliyati bo‘lsin) ishlasalarda, uyga kelgan zahoti charchaganini ro‘kach qilib divanga yonboshlab olishi mumkin.

Ayol esa, uning nazdida, uy-­ro‘zg‘or ishlariga yeng shimarishi lozim... Keyingi hangoma o‘zingizga ma’lum! Ayrim holatlarda doka­ro‘molga “qiyin” bo‘lib qolishi aniq.

Umuman, erkakning barcha iste’dod qirralarini ochib bergan va buni uning, o‘zining, qolaversa oilasining ehtiyoju maqsadlarida ishlata bilgan ayol — eng mukammal ayoldir!!!

Aytadilar-ku, erni er qiladigan ham, qora yer qiladigan ham xotin, deb.

Muhimi — har bir so‘z, har bir harakat, orzu-istaklar va ularning ijobatida er-xotin o‘zaro uyg‘unlik darajasini topish!

Uyg‘unlik bor joyda barcha ish-yumushlar xamirdan qil sug‘urganday oson kechadi va ortiqcha ko‘ngilsizliklarga o‘rin yo‘q.

Uyg‘unlik yaratish uchun esa ayol va erkakning “tuprog‘i”, ya’ni nasl-nasabi, tarbiyasi, dunyoqarashi va qiziqishlari bir-biriga yaqin, biri ikkinchisini to‘ldiradigan bo‘lishi lozim.

Xalqimiz tilida aytsak, yulduzi yulduziga to‘g‘ri kelishi kerak!

Xullas kalom, barcha o‘z yulduzini topishi va u bilan umrguzaronlik qilishiga tilakdoshmiz...

Mulohaza qiling!

Tan olish ham mardlik...

Inkor etish tarkibida ham tan olish hissasi mavjud!

Baxtli bo‘ling! Baxt tilsimi esa ...o‘zingizda!!!

So‘z boshida jamiyatdagi isnod keltiruvchi illatni tilga olib, uning ildizini topib, chopib tashlashga qodir emasligimni boshidanoq bilgandim.

Maqsadim, jamoatchilik e’tiborini tortish! Niyatim — so‘z atalmish qudratli darmon orqali qaysidir oilaning butunligi saqlash, baxtini mustahkamlash edi.

Niyatimga bir qadar yetgan bo‘lsam, bugungi kunimdan roziman...

Omon bo‘ling!

Ulug‘ BEK




Eslatib o‘tamiz, xar yakshanba muxlislar kuni bo‘lib, o‘z muammo yoki ko‘ngil kechinmalari bilan bo‘lishib, keng omma bilan xal qilishga imkoniyatingiz bor.
tarona.net@bk.ru pochtasiga voqea yoki muammoingizni yozib yuborishingiz yoki @TaronaSupportBot manziliga telegramdan voqeangizni yuborishingiz mumkin.
Bunda sizni telefon raqamingiz ko‘rinmasligi va sizni voqeangiz anonim tarzda chop etilishiga kafolat!
Diqqat! Saytga chop etilib bo‘lingan maktub keyin talabga binoan olib tashlanilmaydi!
Voqeangiz sayt orqali keng ommaga chiqishi va xalqdan turli maslaxatlar bo‘lishini bilib turib jo‘natdingizmi, o‘zingiz kutmagan va yoqtirmagan maslaxatni olib keyin olib tashlang deyish mantiqsiz!
Категория: SEVGI DUNYOSI
Просмотров: 10403 | Рейтинг: 0| Рейтинг: er-xotin, 18+, oila
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 08:09
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное