Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » TANQID va TAXLIL

«Sms» sabab erim bolasini tan olmayapti...»




— Turmush o`rtog`im bilan sovchilar orqali tanishib, bir-birimizga mehr qo`yib oila qurdik. To`ydan ikki oy o`tib, tirikchilik tashvishida erim chet elga ketdi. Men esa shu erda qolib, qaynona-qaynotamning xizmatlarini qiladigan bo`ldim. Ammo o`sha paytlarda birgina adashgan «SMS» hayotimni bunchalar o`zgartirib yuborishini xayolimga ham keltirmagan edim. Notanish raqamdan meni uchrashuvga taklif qilgan o`sha mash`um xabarni ko`rib qolgan qaynotam xiyonatda ayblay boshladi. Ularga xaqligimni isbotlashga uringanim sari meni botqoqqa botira boshlashdi. Oxir-oqibat, bu gaplar erimning ham qulog`iga etib bordi. Bu orada esa men uning izidan o`sha davlatga borib keldim, oradan hech qancha vaqt o`tmay, uning o`zi ham ukasining to`yiga kelib qoldi. Va nihoyat, ikki yil kutganim – onalik baxtiga erishishimni eshitib ichimga sig`may ketdim. Ammo qismatning menga atalgan sinovlari hali tugamagan ekan. Endi oilamiz mustahkamlanadi, deb yurganimda erim bolani tan olmasligini aytdi. Hozir ota-onamning uyidaman, erim ajrashamiz deyapti. Ammo men buni istamayman. Oilamni asrab qolish uchun nima qilay, maslahat bering. 

Olima, 25 yosh, Navoiy viloyati.

Qaynonajon: — Yangi kelinning telefoni jiringlaganda atrofdagilarning (hali ular uchun siz o`qilmagan kitobsiz-da) yuragi bir hapqiradi. «Kim ekan?» degan savol har qanday odamning dilidan o`tadi. Har qancha ishonmaylik, shubha-gumonlar biz bilan yonma-yon yuradi. Ona qizim, hech bir inson shubhadan mustasno emas. Toki, vaziyat shu darajagacha chigallashgan ekan, oilani saqlab qolishning yo`lini topishimiz kerak. Er-xotin bir-birining tilini, dilini tushunadi. Ammo oriyat degani o`limdan ham kuchli. Ota-onasi, yaqinlari o`rtasida gap-so`zga qolgan kelin bilan yashab ketish, malomatga qolgan xotinning bolasini bolam, deyish o`lim bilan barobar. Maslahatim, fursatni boy bermay, farzandingizning otasi bilan dildan, ochiq-oshkora gaplashing. Iddao qilmang, achchiq qilib, haddingizdan oshmang. Tarozi barobar tosh bosishini istasangiz, rostgo`y bo`ling, mard bo`ling. Aldov, avrash bilan uzoq yashab bo`lmaydi. Achchiq bo`lsa-da, haqiqat yaxshi. Oilangizning bag`ri butun bo`lsin. 

Feruza Akromova, ruhshunos: — Singlim, farzandingizni etim qilmang, oilangizni saqlab qolish uchun kurashing. Avvalambor otangizning uyiga kelganingiz eringizning nazdida qo`yilayotgan ayblarni tan olishingiz bilan barobar, shuning uchun mahalla maslahatchisini olib, darhol ortga qaytish harakatini qiling. Qo`yilayotgan ayblarni inkor etayotib ham o`zingizga ishonch bilan qat`iy sha`ningizni himoya qiling. Chunki faqat o`ziga ishongan insongagina boshqalar ham ishonch bildirishadi. Turmush o`rtog`ingiz bilan o`rtaga begonalarni qo`shmay, samimiy gaplashib oling.

Saodat OChILOVA yozib oldi.


Категория: TANQID va TAXLIL
Просмотров: 7847 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 0| Рейтинг: er-xotin, oila, farzand
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
zumrad991 tuxmat juda yomon narsa, hayot uchun kurashish kerak.
Like | 0
zumrad991 telefon chiqdi, balo chiqdi dib shunga aytishgan ekanda kattalar...
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 15:43
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное