Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Romeo va Juletta - soundtreck
. Qo'rqmas - soundtreck (music)
. Muhabbat tafti - Meri Aankhon Mein
. Великолепный Век-Soundtreck (of Rada Ray)
. Soundtreck-Великолепный Век
. Zoirbek - Katta Odam (SOUNDTRACK)
. Sevgi Iztirobi - Anlatamam
. Pazanda - The Sound of Love
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Promise
. Shamollar Mamlakati - soundtreck love (korea)
. Ishq Jodusi - Xing Xing wake Up
. Saroy Javohiri-Soundtreck2
. Qaxvaxona - soundtreck (Offical)
. Sevgi Iztirobi - Nihan Muzurluk Peinde
. Saroy Javohiri-Soundtreck4
Главная » Файлы » FOYDALI MASLAXATLAR

Oilangiz totuv bo‘lishida 11 maslahat


Oila borki, albatta, unda tortishuvlar, tushunmovchiliklar bo‘lib turadi. Biroz qovoq uyishu araz-ginalardan keyin er-xotin yana yarashib ketaverishadi. Ammo kelishmovchiliklar janjalga aylansachi? Bu oxiri ajralishga yetib borsachi? Nizolarning markazida turgan erkak va ayoldan tashqari ularning ayrilish yoqasidagi harakatlari bolalari va yaqinlarining hayotini buzsachi? Bugun ajralish haqida gapirmaymiz, bugun oilani saqlab qolish haqida so‘zlaymiz. Oila – bu mehnat. Oila ravnaqi uchun qilinayotgan mehnat esa majburiyatdek emas, shod-xurramlik bilan amalga oshirilishi kerak. Buning uchun bir qancha qoidalarni qulog‘ingizga quyib olsangiz, kifoya. Shunda ham oilangiz mustahkam bo‘ladi, ham asablaringizni asraysiz.

Kechirimli bo‘ling

Dunyodagi eng qaysar odam bo‘lsaniz ham kek saqlamaslikni o‘rganing. Eringiz/xotiningiz sizning eng yaqin isnsoningizdir. Urishganlaridan so‘ng hech qancha vaqt o‘tmay yarashishga tayyor juftliklarning uzoq va baxtli hayot kechirish imkoniyatlari ko‘proq bo‘ladi. Buning uchun kimdir birinchi qadamni tashlashi kerak. Keling, shu birinchi qadamni siz tashlay qoling.

«Uning bu ishini kechirib bo‘lmaydi!» Xo‘p, shunday ham deylik, ammo juftingiz bilan hayotingiz davom etishini istasangiz, kechirganingiz yaxshi. Kimga yaxshi, deyisizmi? Albatta sizga-da! Kechirish surunkali og‘riqlar, yurak-qon tomir bilan bog‘liq muammolarning kamayishiga, tushkunlik va asabiylik darajasining pasayishiga olib kelishi ilmiy jihatdan tasdiqlangana fakt. Іech narsani kechirmaydigan insonlarning yurak urishi tez, qon bosimi baland bo‘larkan. G‘azab, zarda, adovat yurak xastaliklariga olib kelib, hatto erta o‘limga ham sabab bo‘lishi mumkin ekan. Birovlarning kamchiliklarini kechirishni biladigan odamlar ko‘tarinki kayfiyatda, o‘ziga va ertasiga ishonch bilan yurishadi. Sinab ko‘ring, faqat foyda ko‘rishingiz tayin!

Aqlingizni charhlang

Qanchalik g‘alati tuyulmasin, o‘z aqliy salohiyatingizga ko‘proq e’tibor qarating. Birgalikda kitob o‘qing, krossvordlar yeching, ilmiy maqolalarni, yangiliklarni, qiziqarli ko‘rsatuvlarni muhokama qiling. Er-xotin qanchalik aqlli bo‘lsa, turmush shunchalik mustahkam bo‘ladi, ajaralishlar soni ham kamayadi.

«Biz o‘zga dunyo odamlarimiz. U futbolni yaxshi ko‘radi, men esa seriallarni. Birgalikdagi qiziqishlarimiz yo‘q!» Aslida, mustahakam oila qurish uchun umumiy qiziqishlarning bo‘lishi shart emas. Bir-birini qo‘llab-quvvatlaydigan, g‘amxo‘rlik qiladigan juftliklar bir-birlarining qiziqishlarini ham hurmat qiladilar. Yoningizdlagi inson dunyoga boshqacha nazar bilan qaraydimi, demak siz ham yorug‘ olamning yangi qirralarini ko‘rish imkoniyatiga egasiz. Bu degani siz ham o‘tirib futbol ko‘rishingiz kerak degani emas, uning qiziqishlarini hurmat qilishingiz lozimligini anglatadi. Shunchaki, u futbol haqida gapirayotganda diqqat bilan eshiting, tushunmaganlaringizni so‘rang. Birgalikda qilishingiz mumkin bo‘lan biror yumush, mashg‘ulotni sinab ko‘ring. Bu ish bilan avvallari ikkingiz ham shug‘ullanmaganingizga amin bo‘ling. Masalan, hovlingizning lanshaft dizayni bilan shug‘ullaning, birgalikda ingliz tilini o‘rganing, u ham, siz ham avvallar o‘qimagan janrdagi kitobalarni mutolaa qiling.

Ko‘proq kuling

Tushkun kayfiyatdagi kishi ko‘proq g‘azabalanishini kuzatgandirsiz, hoynahoy. Kulgu esa tushkunlikdan xalos etuvchi eng yaxshi vosita. Kutilmaganda qilingan hazil, aytib berilgan latifa orangizdagi chegarani olib tashlaydi, muzlarni eritadi. Agar urishib qolib, yarashish yo‘llarini izlayotgan bo‘lsangiz, turmush o‘rtog‘ingizga ikkingiz bilan yuz bergan biror qiziq voqeani so‘zlab bering. Bu vaziyatni yumshatadi, ko‘rasiz.

Tabassum – yuqumli xususiyatga ega. Kulib turgan odamni ko‘rsangiz, siz ham beixtiyor jilmayasiz, shunday emasmi? Іamisha kulib turadigan odam o‘ziga odamlarni tortadi, aksincha qovog‘i solinganlar o‘zlaridan barchani itaradilar. Tabassumingiz yoringizni baxtli qiladi, o‘zingizning esa chiroyingiz ochiladi.

«Xo‘p» deng

Er-xotin bir-birining fikriga qancha ko‘p qo‘shilsa, o‘zaro ishonch shunchalik ortadi. «Yo‘q, mening gapimni eshiting» degan gap uncha-muncha og‘ir-bosiq odamni ham quyushqonidan chiqarib yuborishi mumkin.

Onalar qizlarini turmushga uzatisharkan, “Xo‘p bo‘ladi” degan gap og‘zingdan tushmasin, deb bekorga kelin bo‘lmishning u qulog‘iga ham bu qulog‘iga ham quyishmaydi. Ammo yillar o‘tib, shu gap leksikonimizdan asta-sekin yo‘qolib ketadi. Vaholanki, shu so‘zning o‘zi qanchadan-qancha muammolarni oson yechishimizga, muammolarning kelib chiqishining oldini olishga sabab bo‘ladi.

Oila bilan ishni aralashtirmang

Ko‘pchilik ishdagi muammolarini uyida muhokama qilib, oila davrasida ham ishini o‘ylab siqilib o‘tiradi-yu, bu noto‘g‘ri ish bilan shaxsiy hayotingiz o‘rtasida oltin muvozanatni topmasangiz bo‘lmaydi. Agar bir holatdan ikkinchi holatga o‘tish qiyin bo‘lsa, qandaydir mashg‘ulot bilan shug‘ullaning. Uyga biroz piyoda ketish bu holatda ayni muddao. Uyda siz jiddiy xodim, qattiqqo‘l rahbar, o‘z ishining ustasi, zo‘r mutaxassis emassiz, suyukli yor va farzandlaringizning mehribon ota-onasisiz.

Yotog‘ingiz...

Yotoqxona faqat uxlaydigan joy emas, balki ikki qalb uchrashadigan makon. U yerda siz o‘zingizni baxtli his qilishingiz, o‘zingizni erkin his qilishingiz, munosabatlarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishingiz muhim. Yaqinlikda son emas, sifat muhimligini unutmang.

Mehmonxona, oshxona, hovlini ozoda tutish bilan bir qatorda yotoqxonangizning ham shinam bo‘lishiga ahamiyat qarating. Jihozlarni bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirib turing, choyshablarni tez-tez almashtirib turing, xonani gullar va suratlar bilan bezating, xushbo‘y tutatqilar tutatib turing. Іali Yangi yil bayramiga ancha borligiga qaramay, yotoqxonagizni chiroqlar marjoni bilan bezating. Shunda kuzda paydo bo‘lib turadigan g‘am-g‘ussa o‘rnini shodon kayfiyat egallaydi.

Maqtang

Bir-biringizni maqtang, shirin so‘zlaringizni ayamang. Bu kayfiyatni ko‘taradi. Ko‘p yil yashab qo‘ygan juftliklar hissiyotlari haqida gapirmay qo‘yishadi, axir shuncha yil birga bo‘lganlaridan keyin hammasi tushunarlidek tuyuladi-da. Turmush o‘rtog‘ingiz qilgan biror mayda ishni maqtab qo‘ying, u siz uchun tog‘ni talqon qilib tashlaydi. Yoki ayolingizga malikadek muomala qiling... Uni taniyolmay qolasiz. Maqtash bu xushomad emas. Shuni unutmang. Juftingizning bor-yo‘q fazilaatlarini aytib, uni erkalatmang, faqat qilgan ishini e’tirof eting.

Sir saqlamang

Tez-tez o‘zingiz haqingizda ma’lumotlar berib turing. Orada qancha sir ko‘p bo‘lsa, shuncha tushunmovchiliklar kelib chiqaveradi. Іech kimga aytolmaydigan gaplaringiznigina ichingizda saqlang, ikkingizga tegishlilarini esa u ham bilishga haqli. Odam qancha ichidagini yashirishga harakat qilmasin, baribir bu uning yuzida, harakatlarida zohir bo‘ladi.

Vaqtingizni ko‘proq birga o‘tkazing

Yuqorida ta’kidlaganimizdek, er-xotin birga bajaradigan umumiy mashg‘ulotlari qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha yaxshi. Ba’zi yumushlarni birga qilishga odatlaning. Ro‘zg‘or ishlarida bir-biringizga ko‘mak bering. Agar erkak yoki ayol oiladagi majburiyatlarning ko‘pini yelkasiga ortib olgan bo‘lsa, bu ertami-kechmi nizolarni keltirib chiqaradi.

Qadimda erkak kishi pul topib kelgan-u, ro‘zg‘or ishlariga ayollar mas’ul bo‘lgan. Majburiyatlarning bunday taqsimlanishi ayni kunlarda ba’zi oilalarga xos emas. Ayollar erkaklar bilan teng ishlaydilar, ro‘zg‘or harajatlari ham taqsimlangan. Shunday ekan, erkaklar ham ro‘zg‘or ishlarining ayrimlarini bo‘yinlariga olishlari adolatdan bo‘lardi. Bu hech qanday uyat emas yoki g‘ururga tegadigan joyi ham yo‘q.

Xonadoningizga shinamlik kiriting

Mehmonxonangizdagi divanning ustiga zamonaviy choyshab xarid qiling, oshxonangizdagi dasturxon-sochiqlarni gullilariga yangilang, yotohqonangizga oqish gulqog‘ozlar yopishtiring. Kayfiyatingiz qanchalik ko‘tarinki, qalbingiz qanchalik xotirjam bo‘lsa, ikkinchi yarmingiz ham o‘zini xuddi shunday his qiladi.

Dam oling

So‘ngi maslahatimiz esa – bir miriqib... uxlab oling! Іali birorta horg‘in odam jamiyatga ham, oilasiga ham foyda keltirmagan. Er-xotindan birortasining yomon kayfiyati barcha oila a’zolarining kayfiyatiga ta’sir ko‘rsatadi. Agar turmush o‘rtog‘ingiz, charchab qolayotganini sezsangiz, ertaroq yotib uxlashini tashkil qiling.

Er-xotinning totuv yashashidan ham osonroq, shu bilan birga undan qiyinroq masala yo‘qdek. Ammo nikoh rishtalari bilan bog‘langan ekansiz, munosabatlaringizning mustahkam bo‘lishi yo‘lida mehnat qilishdan horimang. Agar hech narsa qo‘lingizdan kelmayotgandek tuyulsa, sira tinchlik va hotirjamlikka erisha olmasangiz, to‘xtang! O‘zingizga quloq tuting. Qandaydir keskin harakatlar qilishdan avval ayni damdagi holatingizga baho bering. Agar oilangizni saqlab qolmoqchi bo‘lsangiz-u, buni qanday amalga oshirishni bilmasangiz, mayda narsalardan boshlang, avvalo o‘zingizni o‘zgartirishdan boshlang.

Nazokat tayyorladi



Категория: FOYDALI MASLAXATLAR
Просмотров: 3991 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: oila, er-xotin
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
Telba Ҳа ростан ҳам эр-хотинга учун яратилан псиҳология!
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 10:53
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное