Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Oktyabrdan eski mashinalarni yangisiga almashtirish mumkin bo‘ladi


O‘zbekiston Prezidenti «O‘zbekiston Respublikasi avtomobil sanoatini jadal rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorni imzolagani haqida xabar bergandik.

Unga ko‘ra, 2019 yil 1 oktyabrdan ishlatilgan mashinani rasmiy dilerlarga topshirib, narxdagi tafovutni to‘lash orqali yangi avtomobilni olish imkonini beruvchi «TRADE-IN» dasturi joriy etiladi.

«TRADE-IN» dasturi doirasida rasmiy dilerlar tomonidan ishlatilgan mashinalarni IIV organlarida ro‘yxatdan o‘tkazish chog‘ida ularni yig‘ganlik uchun to‘lov amalga oshirilmaydi.

IIV rasmiy dilerlarni ishlatilgan avtomobillarni realizatsiya qilish uchun maxsus ma’lumotnoma blanklari bilan ta’minlashi kerak bo‘ladi.

Shuningdek, 2019 yil 1 noyabrga qadar ehtiyot qismlar va yig‘ilgan qismlarning xavfsizligi va sifatini tekshirish uchun namunali sinov dasturlari ishlab chiqib tasdiqlanadi.

2019 yil 1 dekabrga qadar Pskent avtomobil poligoni bazasida avtomobillar va ularning ehtiyot qismlarini sinash bazasi tashkil etiladi va zarur texnik uskunalar bilan jihozlanadi.

2020 yil 1 yanvargacha mashinalar va ularning ehtiyot qismlarini to‘liq sinovdan o‘tkazish uchun laboratoriyalarni zarur texnika va jihozlar bilan ta’minlash bo‘yicha kompleks dasturni ishlab chiqiladi.

2020 yil 1 martgacha «Avtomobillar uchun o‘rtacha korporativ yoqilg‘i tejamkorligi» standarti ishlab chiqilib, tasdiqlanadi.



Manba:xabar.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 5104 | Рейтинг: 0| Рейтинг: yangisiga almashtirish, Oktyabr, eski mashinalar, mumkin bo‘ladi, GM
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 20:51
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное