Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Великолепный Век-Soundtreck 2
. Choli Qushi-soundtreck
. Qaqnus - Mal De music
. Qaxvaxona - soundtreck (Offical)
. Qor Alangasi - Soundtreck [Offical]
. Sa Rasta Rastare-soundtreck (Indea)
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Sensizlik
. Ko'sem - Soundtreck (Turk serial)
. Ko'sem: Sulton Usmon o'limidagi she'ri + music
. Kuz ertagi-soundtreck
. Qo'rqmas - soundtreck
. Qirolicha - Soundtreck (slow version)
. Vorislar - Soundtreck (serial korea)
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Hello-Goodbye
. Pazanda - The Sound of Love
Главная » Файлы » FIKR MULOXAZA

Olimlar baxtli turmush kechirish kimga bog‘liqligini aniqladi

Rutgers va Michigan universiteti olimlari erkakning baxtli bo‘lishi turmush qurgandan keyin rafiqasining o‘zini qanday his qilishiga bog‘liq ekanligini aniqladi, deb xabar berdi “Islam-today.ru” nashri. 
To‘ydan keyin ayol o‘zini qanchalik baxtli his etsa, uning eri ham o‘zini juda baxtiyor sezadi. “Chunki, ayol o‘zini baxtli his qilgandan keyin erining ko‘nglini olishga urinadi. Erkaklar esa his-tuyg‘ularini oshkor etishni istamagani bois ularning holati oilaviy turmush sifatiga kuchli ta’sir etmaydi”, deydi Rutgers Universiteti sotsiologiya kafedrasi professori Debora Karr. 
Tadqiqot davomida, o‘rta hisobda 39 yildan beri birga yashayotgan, 60 yoshdan oshgan 394 nafar juftlikning ma’lumotlari tahlil qilindi.
Er-xotinlar orasidagi munosabatlarga oydinlik kiritish maqsadida ulardan necha marta urishishlari, bir-birlarini tushunishlari va bir-birlarining qadriga yetish-etmasliklari haqida savollar berildi. Ulardan birgalikda televizor tomosha qilish, sayr qilish, do‘konlarni aylanish so‘ralib, 24 soat davomidagi kechinmalarini qog‘ozga tushirish so‘raldi. Sinov natijasida hayotining barcha jabhalaridan mamnun bo‘lgan odamlargina, oilaviy hayotidan qoniqishini bildirdi.
Karrning so‘zlariga qaraganda, agar erkak kasal bo‘lib qolsa, ayol o‘zini baxtsiz, chorasiz his qiladi, ammo erkaklarda bunday emas, bu borada ular ayollardan keskin farq qiladi.
“Agar er kasal bo‘lsa, ayolning tahlikaga tushib, yelib-yugurishi hech kimga sir emas. Mabodo ayolning biror joyi og‘rib, to‘shakka mixlansa, u eriga emas, balki o‘ziga, qiziga suyanadi”, deb qo‘shimcha qildi Karr.
Oiladagi munosabatlar mavzusida tadqiqot ishlarini olib borayotgan olimlar uchun baxtli oila sirini topish mavzusi dolzarb bo‘lib qolaveradi. Baxtli oilani dunyoga keltirish ayollarning zimmasida ekanligi yangilik emas. Olimlar o‘tkazgan bir qator tadqiqotlar natijasida oiladagi tinchlik, xotirjamlik asosan ayolning his-tuyg‘ulariga bog‘liqligi, aynan oilada ayol kishi hamma narsani hal etuvchi muhim inson rolini o‘ynashini aniqlashdi.
Chikago Universiteti olimlari o‘tkazgan tadqiqot natijasida shu narsa aniq bo‘ldiki, erkak kishining sog‘-salomatligi baxtli nikoh omili bo‘lib xizmat qilsa-da, oilaviy baxtni ta’minlay olmaydi. Kuzatuvlar oqibatida er-xotin o‘rtasida chiqqan nizo va janjallarda avvalo ayol tinchlanib, o‘zini tutib olishini ko‘rish mumkin. Baxtli turmush kechirish, ayolning turmushidan roziligiga va o‘zini baxtli his qilishiga bog‘liq. Er-xotin o‘rtasida tushunmovchilik, janjal kelib chiqqanda, ayol o‘zini qo‘lga ola bilsa, tilini tiysa, bunday juftlik mustahkam va baxtli hayot kechiradi. Tadqiqot davomida oilaviy munosabatlar keksalarning sog‘ligiga ham ta’sir qilishi ma’lum bo‘ldi.


Категория: FIKR MULOXAZA
Просмотров: 8377 | Рейтинг: 0| Рейтинг: baxtli turmush kechirish, Olimlar, aniqladi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 03:40
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное