Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SOG'LIK

Olimlar kunduzgi Uyquning organizmga zararli ekanligini aniqladi

Uzoq davom etadigan uyqu va haddan ziyod charchoq metabolik sindromni, xususan insulinga bo‘lgan sezgirlikning buzilishini keltirib chiqarishi aniqlandi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda.
AQShlik olimlar o‘zlarining yangi tadqiqotlari to‘g‘risida Amerika kardiologiya kollejining 65-sessiyasida ma’lum qilishdi.
40 daqiqadan ko‘proq davom etadigan kunduzgi uyqu moddalar almashinuvi bilan bog‘liq kasalliklarni keltirib chiqarish xavfini tug‘diradi.
40 daqiqadan ko‘proq davom etadigan uyqu, shuningdek qon bosimi va xolesterin miqdorini oshiradi, bel sohasidagi yog‘ qatlamining hajmini ko‘paytiradi. 
Kun davomida haddan ortiq toliqish ham moddalar almashinuvi jarayoniga ta’sir ko‘rsatadi.
Olimlar bunday xulosaga kelish uchun 30237 nafar osiyolik va yevropaliklar ishtirokida 21 ta tadqiqotlar o‘tkazishdi. 
Olimlar tadqiqot ishtirokchilaridan kunduz payti uxlashlari yoki uxlamasliklarini so‘ragan. Ma’lum bo‘lishicha, kunduzi uxlaydiganlarda semizlikning 2-darajasi va qandli diabet aniqlangan.
Kunduz payti 40 daqiqadan kam uxlaganlarda esa kasalliklar rivojlanishi xavfi yuqori emasligi aniqlangan.


Категория: SOG'LIK
Просмотров: 6746 | Рейтинг: 0| Рейтинг: zarar, kunduzgi Uyqu, Olimlar
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 09:48
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное