Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » FOYDALI MASLAXATLAR

Olimlar Semirishning asosiy sababini aniqladi

Yaponiyaning Tokiusim biotibbiyot  instituti olimlari, Science Advances  jurnalida e’lon qilgan tadqiqot natijalari haqidagi maqolasida halok bo‘lgan yog‘ hujayralari DNKsi semirishga moyillikni keltirib chiqaradi degan xulosaga kelishdi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.  
Tadqiqot mualliflari to‘qimalarning surunkali shamollashi semirishga olib kelishini sichqonlar yordamida isbotlashdi. Bunga tug‘ma immunitetni funksional ta’minlovchi  TLR9 oqsilini sabab qilib ko‘rsatishdi.
Semizlik shamollash jarayonining asosiy belgilaridan biri bo‘lib, u yana qonda glyukoza miqdorini kamaytiruvchi insulin fermentining bardoshliligini oshiradi. Bunday jarayonlar mexanizmi ko‘p hollarda noma’lum qoladi, ammo olimlar yangi tadqiqotlar natijasida yog‘li to‘qima hujayralaridan ajrab chiqqan DNK — adipotsitlar shamollash jarayonini kuchaytirishi mumkinligini tasdiqlashdi.  
Uch oy mobaynida parhezda saqlangan sichqonlarning yog‘ to‘qimalarida TLR9 oqsilining faollashgani, shu bilan birga qonda erkin DNKlar ko‘paygani aniqlangan. Bundan tashqari olimlar TLR9 oqsilining sintezlashuviga organizmning begona va zaharli agentlarini yutib yuboruvchi makrofag javob berishini ham aniqladilar.


Категория: FOYDALI MASLAXATLAR
Просмотров: 9243 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Olimlar, asosiy sabab, Semirish
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 12:31
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное