Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

“Oq uy vahima ichida”. Rossiya va Saudiya neft qazib olishni keskin kamaytirmoqchi

Neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti (OPEC)  yig‘ilishida Rossiya, Saudiya Arabistoni va boshqa ishlab chiqaruvchilar neft qazib olish keskin qisqartirilishini e’lon qilishi kutilyapti. Bu haqda “Financial Times” xabar berdi.

Qisqartirish hajmi hali kelishilmagan. Saudiya Arabistoni va Rossiya qazib olishni 1-2 million barrelga yoki undan ko‘proqqa qisqartirish niyatida. Qazib olish bir necha oy davomida bosqichma-bosqich qisqartiriladi.

OPEC a’zolari va boshqa ishlab chiqaruvchilarning uchrashuvi bugun, 5 oktyabr kuni Venada bo‘lib o‘tadi. Neft ishlab chiqarishni sezilarli darajada qisqartirish rejalashtirilgan yig‘ilishda Rossiyadan Bosh vazir o‘rinbosari Aleksandr Novak ishtirok etishi va taklifni ma’qullashi kutilyapti.

Tahlilchilarga ko‘ra, bu uchrashuv so‘nggi yillardagi eng muhimi bo‘ladi.

CNN manbalariga ko‘ra, AQSH Prezidenti Jo Bayden ma’muriyati so‘nggi kunlarda Yaqin Sharqdagi ittifoqchilarini, jumladan Kuvayt, Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklarini OPEC yig‘ilishida neft qazib olishni qisqartirishga qarshi ovoz berishga ishontirishga harakat qilmoqda. Telekanal o‘zida mavjud yozuvlarga tayanib, xabar berishicha, Oq uy ishlab chiqarishni qisqartirish istiqbolini “to‘liq falokat” va “dushmanlik harakati”, deb atagan.

Boshqa bir amerikalik mansabdor Oq uy “vahima ichida” ekanini aytdi.

“Financial Times” nashri keltirgan tahlillarga ko‘ra, ishlab chiqarishni qisqartirish urush davrida Rossiyaning neft daromadlarini cheklamoqchi bo‘lgan Qo‘shma Shtatlarning javob choralari ko‘rishiga sabab bo‘lishi mumkin. Sentyabr oyida “Katta yettilik” (G7) davlatlari 5 dekabrdan boshlab Rossiya neftiga narxlarning yuqori chegarasini joriy etishini e’lon qilgan edi. Yevroittifoq davlatlari ham Rossiya nefti uchun yuqori narxni belgilashga kelishgan.

CNN'ning ta’kidlashicha, kunlik neft qazib olishni 1-2 mln barrelga qisqartirish jahon bozorida "qora oltin" narxining keskin o‘sishiga olib kelishi mumkin.


Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 857 | Рейтинг: 0| Рейтинг: kamaytirmoqchi, olishni, Keskin, Saudiya, Oq uy vahima ichida, neft, qazib, Rossiya
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 04:32
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное